HeadHunter (hh.ru) – Rossiya, Belarus va Qozogʻistondagi biznes sohasidagi eng yirik rus internet kompaniyalaridan biri. Hozirda 515,000 dan ortiq kompaniyalar HeadHunter mijozlari hisoblanadi. hh.ru saytidagi keng maʼlumotlar bazasi 55 milliondan ortiq rezyumelarni oʻz ichiga olib, kunlik oʻrtacha boʻsh ish oʻrinlari soni 933 mingdan oshiq koʻrsatkichni tashkil qiladi. SimilarWeb maʼlumotlariga koʻra, HeadHunter ish qidirish portallari orasida mashhurlik boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egallaydi. Kompaniyaning eng yirik aktivi hh.ru sayti hisoblanadi. Shuningdek, HeadHunter Zarplata.ru veb-saytiga, Talantix nomli ishga qabul qilish uchun bulutli CRMga egalik qiladi hamda Skillaz, Dreamjob, HRLink, Edstein kompaniyalarida oʻz ulushiga ega. hh.ru mobil ilovalari ish beruvchi kompaniyalar va ish izlovchilar uchun iOS va Android platformalarida alohida versiyalarda mavjud.
Yana qarang Ishga qabul qilish Manbalar
Turkum:Saytlar alifbo tartibida Turkum:Kompaniyalar