Racing Club de Avellaneda – Buenos Ayres shahrida joylashgan Argentina professional futbol klubi. 1903-yilda tashkil etilgan Racing Argentinaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Racing hozirda Argentinaning Primera Divisiónida ishtirok etib keladi.
Racing „Primera División“ chempionatida 18 marotaba gʻalaba qozongan, 1913—1919-yillar orasida yetti marta ketma-ket chempionat gʻolibiga aylanganJuventus salió campeón y se sumó al club de los heptacampeones on Bolavip, by Juan Arias Montoya, 13 May 2018. Racing nafaqat Argentina futbol tarixida ketma-ket titullar rekordiga ega, balki bu kabi yutuqqa erishgan Janubiy Amerikadagi yagona jamoa hisoblanadi. Shuningdek, jahon chempioni boʻlgan mamlakatlarda yetti marta chempion boʻlgan toʻrtta klubdan biri.
Klubda, shuningdek, beshta Ibarguren kubogi, toʻrtta Copa de Honor Municipalidad de Buenos Aires va bitta Copa Beccar Varela sovrinlari mavjud. Ushbu yutuqlarga sabab jamoa „La Academia“ („Akademiya“) laqabini olgan va bu laqab haligacha klub va uning muhlislarini anglatadi.
Xalqaro maydonda klub 6 ta titulni qoʻlga kiritgan, ulardan 3 tasi CONMEBOL va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan musobaqadagi sovrinlardir. Bir marotaba „Copa Libertadores“, bir marotaba Intercontinental Cup va Supercopa Libertadores sovrinlarida chempionlikga erishgan.
Jamoaning uy libosidagi ranglari Argentina milliy futbol terma jamoasinikiga oʻxshash, moviy va oq ranglari mavjud. Shortik va paypoqlar qora, koʻk yoki oq rangda. Futboldan tashqari, Racingda nomi bilan qatnashuvchi boshqa sport klublari ham mavjud. badiiy gimnastika, basketbol, plyaj futboli, boks, shaxmat, maydon xoki, futzal, qoʻlbola, jang sanʼati, tennis va voleybol kabi sport jamoalari mavjud.
Tarix left|thumb|130x130px|Klub birinchi logotipi(1903) Klubning kelib chiqishi XIX asr oxirida Buenos-Ayresning Buyuk Janubiy temir yoʻli xodimlariga borib taqaladi. Ular rahbarlarga futbol maydoni qurib berish va u yerda futbol oʻynash talabini qoʻyishadi. Ushbu talab qondirilgandan soʻng, ular oʻzlarining asosan britaniyalik immigratorlar tomonidan tashkil etilgan jamoalarga qarshi birinchi oʻyinlarini ushbu stadionda oʻynashni boshlaydilar.
1898-yilda ushbu ishchilar „Argentinos Excelsior Club“ nomli klubni tashkil etishdi. Bu klub 1901-yilda oʻz faoliyatini yakunladi. Shunga qaramay, klub 1902-yil 16-martda „Colorados Unidos“ nomi bilan qayta tashkil etildi.
Racing 1905-yilda Argentina futbol assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan va Argentina futbol ligasi tizimining quyi divizionlarida oʻynay boshlagan. 1906-yilda klub Segunda Divizionida oʻynash uchun roʻyxatdan oʻtgan.
Futboldagi ilk yillar thumb|Racing Club jamoasi (1910-yil) 1909-yilda Racing Primera divizioniga chiqish uchun pley-offda ishtirok etdi, ammo Gimnasia va Esgrima de Buenos-Ayres klublaridan magʻlubiyatga uchradi. Racing nihoyat 1910-yilda birinchi divizionga koʻtarilib, pley-off bosqichida „Boka Xuniors“ga qarshi 4000 tomoshabin qarshisida gʻalaba qozondi.
Stadion Racing klubi uy oʻyinlarini „Estadio Presidente Peron“ arenasida (Argentinaning sobiq prezidenti Juan Domingo Perón sharafiga nomlangan), xalq orasida „El Cilindro de Avellaneda“ arenasida oʻtkazadi. Stadion 1950-yilda ochilgan va 1997-yilda qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Maydonning oʻlchami 105x70 metr. Racingning stadioni Argentinada River Pleyt stadionidan keyin ikkinchi yirik stadion hisoblanadi. Dastlab, arena 120 000 sigʻimga ega boʻlishi mumkin edi, ammo qayta qurishlar davomida uning sigʻimi 64 161 ga qisqartirildiCaracterísticas del estadio at Club’s official website.. center|thumb|1000x1000px|Racing Club stadionining panoramik koʻrinishi, 2019-yil avgust
Futbolchilar Joriy tarkib .
Ijaraga berilgan futbolchilar
Barcha davrlardagi futbolchilar rekordlari Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
№FutbolchiPozitsiyasiMavsumOʻyin 1 Natalio Perinetti Hujumchi 1917–1933 405 2 Gustavo Costas Himoyachi 1982–92, 1994–95 337 3 Agustín Cejas Darvozabon 1962–69, 1977–1980 334 4 Claudio Ubeda Himoyachi 1995–2003, 2005–2006 329 5 Juan Carlos Cárdenas Hujumchi 1964–1972 321 6 Ezra Sued Hujumchi 1943–1954 308 7 Carlos Squeo Himoyachi 1969–1972, 1974–77, 1984 303 8 José García Pérez (:es) Himoyachi 1938–1957 272 9 Rubén Díaz Himoyachi 1965–73, 1977–1978 24610 Roberto Díaz (:es) Hujumchi 1975–1980, 1982–83 244
Eng koʻp gol urganlar
№FutbolchiPozitsiyasiMavsumGol1 Alberto Ohaco Hujumchi 1912–1923 2442 Alberto Marcovecchio Hujumchi 1911–1922 2073 Albérico Zabaleta Hujumchi 1916–1923 1414 Evaristo Barrera Hujumchi 1932–1938 1385 Juan José Pizzuti Hujumchi 1952–1954, 1956–62 125 6 Pablo Frers Hujumchi 1907–12 121 7 Natalio Perinetti Hujumchi 1917–1933 112 8 Pedro Ochoa Hujumchi 1916–1931 109 9 Llamil Simes Hujumchi 1948–1955 106 10 Juan Perinetti (:it) Hujumchi 1908–1927 99
2000-yildan keyingi murabbiylar Alberto Jorge (2000-yil) Óscar López (2000-yil) Reinaldo Merlo (2001-yil) Osvaldo Ardiles (2002-yil) Emilio Commisso (2003-yil) Ángel Cappa (2003-yil) Miguel Ángel Colombatti (2003-yil) Ubaldo Matildo Fillol (2003-yil) Guillermo Rivarola (2004-yil) Fernando Quiroz (2005-yil) Alberto Fanesi (2006-yil) Diego Simeone (19-fevral 2006-yil –17-may 2006-yil) Reinaldo Merlo (30-aprel 2006-yil –31-mart 2007-yil) Miguel Ángel Micó (2007-yil) Gustavo Costas (25-aprel 2007-yil –1-dekabr 2007-yil) Miguel Ángel Micó (1-dekabr 2007-yil – 1-aprel 2008-yil) Juan Manuel Llop (1-aprel 2008-yil – 22-Fev 2009-yil) Ricardo Caruso Lombardi (26-fevral 2009-yil – 31-oktyabr 2009-yil) Juan Barbas (vaqtinchalik) (31-oktyabr 2009-yil – 1-noyabr 2009-yil) Claudio Vivas (1-noyabr 2009-yil – 15-ferval 2010-yil) Miguel Ángel Russo (17 Fev 2010–23 Iyun 2011) Diego Simeone (23 Iyun 2011–22 Dek 2011) Alfio Basile (26 Dek 2011–15 Apr 2012) Luis Zubeldía (16 Apr 2012–25 Avg 2013) Carlos Ischia (30 Avg 2013–7 Okt 2013) Nacho González (vaqtinchalik) (8 Okt 2013–14 Okt 2013) Reinaldo Merlo (14 Okt 2013–7 May 2014) Fabio Radaelli (vaqtinchalik) (7 May 2014–16 Iyun 2014) Diego Cocca (16 Iyun 2014–31 Dek 2015) Facundo Sava (1 Yan 2016–15 Avg 2016) Claudio Ubeda (vaqtinchalik) (15 Avg 2016–29 Avg 2016) Ricardo Zielinski (29 Avg 2016–31 Dek 2016) Diego Cocca (1 Yan 2017–27 Noy 2017) Juan Ramón Fleita (vaqtinchalik) (28 Noy 2017–16 Dek 2017) Eduardo Coudet (17 Dek 2017–17 Dek 2019) Sebastián Beccacece (1 Yan 2020–9 Yan 2021) Juan Antonio Pizzi (14 Yan 2021–9 Avg 2021) Claudio Úbeda (9 Avg 2021–20 Okt 2021) Fernando Gago (21 Okt 2021–30 Sent 2023) Gustavo Costas (1 Yan 2024–hozirda)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Argentina futbol klublari Turkum:1903-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Qitʼalararo kubokda gʻolib chiqqan klublar Turkum:Copa Libertadoresni yutgan klublar Turkum:1903-yilda Argentinada tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari