Tamara Oleksandrivna Yatsenko (; 1955-yil 19-avgustda tugʻilgan) – ukrainalik teatr, kino va televideniye aktrisasi. Ukraina xalq artisti.
Biografiyasi Tamara Oleksandrivna Yatsenko 1955-yil 19-avgustda Kiyev viloyatidagi Gorenka qishlogʻida tugʻilgan. 1975-yilda Ivan Franko nomidagi Milliy akademik drama teatri qoshidagi Kiyev teatr studiyasini tamomlagan. 1979-yildan Kiyev Milliy akademik Molodiy teatrida aktyorlik faoliyatini boshlagan. 1990-yilda Rossiya teatr sanʼati institutini tamomlagan.
Teatr aktyorligidan tashqari, Yatsenko filmlar va telekoʻrsatuvlarda ham rol oʻynagan. Shuningdek, Suv parisi (1989) va Yaxshi boʻlish osonmi? (2010) kabi multfilmalarga ovoz bergan.
Mukofot va unvonlari Tatsenko 1982, 1983 va 2003-yillarda „Za dvoma zaytsami“ () spektaklidagi Pronya Prokopivna roli uchunSumidagi festivalda „Debut Award“, „Boychenka“ va M. Staritskiy nomidagi Adabiyot va sanʼat mukofotlariga sazovor boʻlgan. 1993-yilda Ukraina xalq artisti unvoni berilgan. 2007-yilda Golubka () spektaklidagi Aleksandrovna xonim roli uchun „Kiyevska pektoral“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar