Borisov Arenas (Belarus: Barisaoʻ-Arena, Barysaw-Arena; ruscha: Borisov-Arena) — Belarusning Borisov shahrida joylashgan futbol stadioni. FC BATE Borisov va Belarus milliy futbol terma jamoasining uy stadionidir. Stadion 13.126 nafar futbol ishqibozini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Tarixi 2008-yilda BATE FK UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan birinchi Belarus klubi boʻldi. Klubning Borisovdagi stadioni guruh bosqichi oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha UEFA talablariga javob bera olmadisdi. Shu bois BATE oʻz raqiblarini „Dinamo Minsk“ stadionida qabul qilishga majbur boʻlgan. Keyingi yil borisovliklar UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga yoʻllanma olishdi. Klub bosh direktori Anatoliy Kapskiy UEFA talablariga javob beradigan 12-15 ming sigʻimga ega yangi stadion qurish rejasi haqida maʼlum qildi.

Stadionni loyihalashtirish ishlari Sloveniyaning „Ofis arhitekti“ nomli kompaniyasiga topshirilgan. Namuna sifatida Maribordagi „Ljudski vrt“ stadioni olingan. Loyihalashtirish ishlari 2010-yilning yozida oʻz yakuniga yetgan. Shuningdek, asosiy loyihaga qoʻshimcha ravishda taxminan 3000 m2 savdo kompleksi ajratilgan. Keyinchalik loyihaga baʼzi oʻzgartirishlar kiritilgan. Borisov Arenaning qurilish jarayoni 2010-yilning 12-noyabr kuni rasman boshlangan.

Borisov Arenadagi birinchi rasmiy oʻyin 2014-yil 3-may kuni oʻtkazilgan. Ochilish bahsi 2013—2014-yilgi Belarus kubogining final oʻyiniga toʻgʻri kelgan. Final „Neman Grodno“ va „Shakhtyor Soligorsk“ klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan soligorskliklar 1-0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritishgan. Ukrainalik yarim himoyachi Artem Starhorodskiy Borisov arena tarixidagi ilk gol muallifiga aylangan.

Belarus terma jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar Belarus milliy futbol jamoasi 2014-yil 4-sentyabr kuni Borisov Arenada oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazgan. Oʻrtoqlik oʻyinida Tojikiston terma jamoasini 6-1 hisobida magʻlub etgan. Birinchi rasmiy uchrashuv 2014-yilning 9-oktyabr kuni oʻtkazilgan. Yevro — 2016 saralashi doirasida Belarus termasi 10.512 tomoshabin koʻz oʻngida Ukrainaga 0-2 hisobida magʻlub boʻlgan.

Oʻyinlar roʻyxati #SanaRaqibNatijaTomoshabinlar soniMusobaqa14-sentyabr, 2014-yil Tojikiston6-12,400Oʻrtoqlik uchrashuvi29-oktyabr, 2014-yil Ukraina0-210,512Yevro — 2016 saralash312-oktyabr, 2014-yil Slovakiya1-33,684Yevro — 2016 saralash418-noyabr, 2014-yil Meksika3-26,700Oʻrtoqlik uchrashuvi514-iyun, 2015-yil Ispaniya0-113,121Yevro — 2016 saralash68-sentyabr, 2015-yil Luksemburg2-03,482Yevro — 2016 saralash712-oktyabr, 2015-yil Makedeniya0-01,545Yevro — 2016 saralash86-sentyabr, 2016-yil Fransiya0-012,920JCH — 2018 saralash910-oktyabr, 2016-yil Luksemburg1-19,011JCH — 2018 saralash109-iyun, 2017-yil Bolgariya2-16,150JCH — 2018 saralash119-sentyabr, 2017-yil Shvetsiya0-46,431JCH — 2018 saralash127-oktyabr, 2017-yil Niderlandiya1-36,850JCH — 2018 saralash138-iyun, 2019-yil Germaniya0-212,510Yevro — 2020 saralash1411-iyun, 2019-yil Shimoliy Irlandiya0-15,250Yevro — 2020 saralash

Galereya

Yana qarang Belarusdagi futbol stadionlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Belarus futbol stadionlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda