Qoʻrgʻon () — yozuvchi Franz Kafkaning soʻnggi romani. Asarda „K“ nomi bilan tanilgan qahramon oʻz qishlogʻiga qaytib keladi va Graf Westwestga tegishli boʻlgan qoʻrgʻondan turib boshqariluvchi sirli hokimiyat tarkibiga qoʻshilish uchun kurash olib boradi.
Kafka asarni tugatolmay vafot etgan. Roman oʻlimidan keyin uning xohishiga qarshi nashr etilgan. Antiutopiya janrda yozilgan, shu bilan bir paytda esa surreal asar hisoblanmish Qoʻrgʻon odatda begonalashish, javob berishdan tonayotgan byurokratiya, shaffof boʻlmagan, oʻzboshimchalik bilan ish koʻruvchi boshqaruv tizimlariga qarshi kurashlardagi umidsizlik va erishib boʻlmaydigan maqsadga befoyda intilish haqida deya tushuniladi.
Sarlavhasi Sarlavha „qal’a“ yoki „qoʻrgʻon“ deb tarjima qilinishi mumkin, ammo nemischa boʻlgan ushbu soʻz omonimlik shakliga ega boʻlib, qulf maʼnosiga ham tegishli boʻlishi mumkin. Fonetik jihatdan ham („xulosa“ yoki „oxir“, „yakun“) soʻziga yaqin. Qalʼa qulflangan boʻlib, bosh qahramon „K“ va shahar aholisi uchun yopiq hisoblanadi hamda ularning hech biri kirish huquqiga ega boʻlmaydi.
Manbalar
Havolalar
Kafkaga bagʻishlangan vebsayt Das Schloss, nemis tilidagi asl matn Amerika kafkachilar jamiyati sayti
Turkum:Franz Kafka romanlari Turkum:Tarjima kitoblar Turkum:Antiutopiya janridagi romanlar Turkum:Nemis tilidagi kitoblar Turkum:Falsafiy romanlar