Bashneft — Rossiyaning neft kompaniyasi boʻlib, Sovet neft vazirligining Boshqirdistondagi neft bilan bogʻliq aktivlarini Boris Yeltsin tomonidan Boshqirdiston Respublikasi mintaqaviy hukumatiga topshirish natijasida tashkil etilgan. Keyin u 2002-2003-yillarda Yeltsinning ittifoqchisi boʻlgan Boshqirdiston prezidenti Murtazo Rahimov tomonidan Rahimovning oʻgʻli Oʻrol Rahimov nazorati ostidagi „Bashkir Capital“ holding kompaniyasining nazorat paketi bilan xususiylashtirilgan. 2009-yilda Vladimir Yevtushenkov Bashneftning nazorat paketini 2 milliard dollarga sotib olgan va oʻzining „Sistema“ holding kompaniyasiga joylashtirilgan. Ammo 2014-yil iyul oyida u qamoqqa olingan va „Sistema“ ning „Bashneft“ dagi 72% ulushi Rossiya hukumati tomonidan musodara qilingan. 2014-yil dekabrida kompaniya musodara qilinganidan soʻng Yevtushenkov „ayblari isbotlanmaganligi sababli“ qamoqdan ozod qilingan, biroq bu vaqtda Oʻrol Rahimov mamlakatni tark etganligi xabar qilingan. U mamlakatdagi eng yirik neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniya Rossiyadagi 140 ta neft va tabiiy gaz konlarini boshqaradi va yiliga 16 million tonna neft qazib oladi. „Bashneft“ Ufa shahrida joylashgan neftni qayta ishlash quvvatiga ega uchta neftni qayta ishlash zavodiga va 100 ta yoqilgʻi quyish shoxobchalariga ega.

Tarixi thumb|250x250px| Boshqirdistondagi „Bashneft“ neft nasosi Rossiyaning „Sistema“ holdingi 2009-yil mart oyida „Bashneft“ ning nazorat paketini 2 milliard AQSh dollariga sotib olgan. 2014-yil mart oyida Bashneft Rossiyaning Burneftegaz neft kompaniyasining 100% ulushini umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan miqdorga xarid qilgan.

Murtazo Rahimov, Qodir Timergazinlar ham „Bashneft“da faoliyat olib borgan.

2016-yilda „Bashneft“ Arktika mintaqasidagi 92 ta neft, gaz va togʻ-kon kompaniyalari orasida oʻtkazilgan eng yaxshi kompaniyalar roʻyhatida 12-oʻrinni egallagan.

„Bashneft“ Arktika atrof-muhit uchun javobgarlik indeksida (AERI) 48-oʻrinni egallagan. Bu dastur Arktika doirasining shimolida yer osti resurslarni qazib olish bilan shugʻullanadigan 120 ta neft, gaz va togʻ-kon kompaniyalarini qamrab olganOverland, I., Bourmistrov, A., Dale, B., Irlbacher‐Fox, S., Juraev, J., Podgaiskii, E., Stammler, F., Tsani, S., Vakulchuk, R. and Wilson, E. C. 2021. .

„Bashneft“ OAJ veb-saytida, 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida xalqaro sanksiyalar kiritilgandan soʻng, kompaniya direktorlar kengashi va boshqaruv kengashi aʼzolari haqidagi maʼlumotlar oʻchirilganthe board of directors.

Yana qarang

Russneft Trebs va Titov neft konlari Manbalar

Havolalar

Turkum:Sistema Turkum:Rossiyadagi neft kompaniyalari Turkum:Rus brendlari