Supíkovice () — Chexiyaning Olomuk viloyati Jesenik tumanida joylashgan munisipalitet. Unda 700 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Etimologiyasi Bu nom, shaxsiy slavyan nomi Šupíkdan olingan boʻlib, nemis nomi esa transkripsiya orqali yaratilgan deb taxmin qilinadi. Chexiya nomi 1924-yildan beri ishlatila boshlangan.
Joylashuvi Supíkovice — Jesenikdan shimoli-sharqda, Olomoucdan shimoldagi, Golden Mountains va Zlatohorska togʻlari oʻrtasidagi chegarada joylashgan. Eng baland nuqtasi Křemenáč tepaligi dengiz sathidan- yuqorida joylashgan.
Tarixi Supíkovice nomi 1284-yildagi manbalardan birida uchraydi. Munitsipalitet parchalangan Piast hukmronlig davrida Polshaning bir qismi boʻlgan. Qisqa vaqtdan soʻng Nisa gersogligi tarkibiga qoʻshiladi, keyinchalik Bohemiya syuzerensiyasiga oʻtadi va 1850-yilda gersoglik tarqatib yuborilgandan soʻng u toʻgʻridan-toʻgʻri Bohemiya tarkibiga kiritilgan.
Munitsipalitet tarixda ohaktosh konlari va ohak ishlab chiqarish sehlari munitsipalning rivojlanishiga sabab boʻlgan. 19-asrning ikkinchi yarmida munitsipalitet granit, marmar qazib olish va qayta ishlash bilan mashhur boʻlgan.
Birinchi jahon urushidan keyin, 1918-yildan boshlab, munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga kiradi va 1938-yildan 1945-yilgacha Germaniya tomonidan ishgʻol qilingan. Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar qishloqdagi ittifoqchi harbiy asirlarl uchun Stalag VIII-B/344 harbiy asirlar lagerining E166 va E577 majburiy mehnat sublagerlarini boshqargan.
Demografiyasi 2021-yilda munitsipalitet aholisi 611 kishini tashkil etgan.
Transporti Munitsipalitet hududidan temir yo'l yoki yirik avtomagistral yoʻllar oʻtmaydi.
Diqqatga sazovor joylari Supíkovitsedagi ohak pechi 19-asrdagi madaniy yodgorlik sifatida tarixiy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Supíkovitsedagi 16-asrga mansub eng qadimgi bino Avliyo Xedvig cherkovidir.
Taniqli odamlar
Petr Ševčík (1994-yilda tugʻilgan), futbolchi shu yerda yashagan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Chexiya Turkum:Chexiya respublikasi aholi punktlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari