Mashrab Turonovich Kimsanov (1955-yil 17-avgust, Fargʻona, OʻzSSR — 2024-yil 2-may, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Tarjimayi holi Mashrab Kimsanov 1955-yil 17-avgust kuni Fargʻonada tavalud topgan. 1983-yilda S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. 1976–1979-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor assistenti, 1983–1986-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi aktyori, 1986-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi Kinoaktyor eksperimental teatr-studiyasi aktori sifatida faoliyat olib borgan. Rejissyor sifatida „Togʻlik kuyov“ va „Besh qismat“ nomli filmlarni suratga olgan.
Umrining oxirgi yillarda aktyor ogʻir xastalikni boshidan kechirgan, 4 marta insult boʻlib, toʻrtinchi insultdan keyin toʻshakka mixlanib qolgan. Uzoq davom etgan xastalik tufayli aktyor 2024-yil 2-may kuni vafot etdi.
Mashrab Kimsanov 1999-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.
Filmografiyasi +YilNomiObrazIzoh1997-2000CharxpalakJabbor 2006Haqiqiy erkaklar oviKichik narkobaron
Manbalar
Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik kinematografistlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar