Matmuratov Batir Djoldasovich (1960-yilning 10-oktyabr sanasida tavallud topgan) — Millati oʻzbek. Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Maʼlumoti oliy va mutaxasisligi iqtisodchi va huqushunos. Shuningdek yuridik fanlari nomzodi hamda dotsent.
Tarjimai holi Batir Djoldasovich 1960-yilning 10-oktyabr kunida Oʻzbekiston Respublikasida tavallud topgan.
Faoliyati 2020-yil 20-yanvar kungi Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida bir qancha masalalar koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga Batir Matmuratov nomzodligi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi lavozimiga taklif qilingan. Qarshi ovozlar mavjud boʻlmadi Senator lavozimiga saylandi. 2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medalini qoʻlga kiritdi.
Botir Matmuratov korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida, 2017-yildan oldin korrupsiyaga oid deyarli hech qanday qatʼiy qonun-qoidalar mavjud boʻlmaganligi yoki tubdan oʻzgarib chiqilmaganligini aytib oʻtadi. Shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi organlar korrupsiyaga qarshi kurashda mustaqil boʻlishlarini taʼminlashi kerakligi, shu yoʻnalish yaxshi rivojlanmaganligi hamda baʼzi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hokimiyat organlari bilan birlashib ketganligi, hamda bu holat davom etaversa, hech qachon bu idoralar mustaqil boʻlsa olmasligini takidlaydi.
Bu borada tibbiyot sohasida korrupsiya mavzusiga esa shunday fikr bayon etadi:
Bu fikrlari orqali, xalq orasida ham korrupsiyaga qarshi birga harakat qilishni tadbiq etish hamda barcha shifokorlar ham korrupsiyaga yoʻl qoʻymasligi haqida aytib oʻtadi.
Manbalar
Turkum:Senatorlar Turkum:Huquqshunoslar