Nastya Kamenskix, toʻliq ismi Anastasiya Alekseyevna Kamenskix (; 1987-yil 4-may, Kiyev, Ukraina SSR) — ukrainalik qoʻshiqchi, aktrisa, boshlovchi, „X-Factor“ning Ukraina vokal shousi, The Voice (Ukraina) shousi va „Maska“ shousining hakami va murabbiyi. 2017-yildan beri NK taxallusi ostida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Hayoti 1987-yil 4-mayda Kiyevda tugʻilgan. Onasi Lidiya Petrovna Kamenskix (1955-yil 6-noyabrda tugʻilgan), G. G. Verevka nomidagi Milliy akademik xalq xori qoʻshiqchisi. Otasi Aleksey Iosifovich Jmur (1939-yil 16-may — 2021-yil 25-yanvar), yoshligida „Dinamo“ voleybol jamoasi sardori va keyinchalik G. G. Verevka nomidagi xorning konsert direktori boʻlgan. Choʻqintirgan onasi Grigoriy Veryovka xorining qoʻshiqchisi, Ukraina xalq artisti Alla Kudlay.
Besh yoshida Nastya almashish dasturi boʻyicha Fransiyaga bordi va uy erda ikki oy boʻladi. Olti yoshida u xuddi shu dastur boʻyicha Italiyaga borib, u yerda til oʻrganadi va mahalliy maktabda oʻqiydi, Italiyada yetti yil yashaydi.
Kiyevda Nastya Pechersk gimnaziyasida tahsil olgan. 15 yoshida musiqa maktabining fortepiano sinfini tamomlagan. Sakkiz yil davomida baletni professional tarzda oʻrgangan. Maktabdan soʻng Ukrainadagi AQShning Viskonsin xalqaro universitetining Tashqi iqtisodiy faoliyat fakultetiga oʻqishga kiradi.
Musiqiy faoliyati Xonandalik faoliyati 2004-yilda Qora dengiz oʻyinlari festivalida qatnashib, mukofotlar va festivalning bosh sovrinini qoʻlga kiritish bilan boshlangan. Bir yil oʻtgach, London sahnasida „Yil kashfiyoti“ nominatsiyasi boʻyicha UBN mukofoti bilan taqdirlangan.
2006-yilda Aleksey Potapenko bilan birgalikda " Potap va Nastya " duetiga asos solgan. 2008-yilda "Ne para " debyut albomi chiqadi. 2017-yilda Kamenskix Mozgi stuiyasi bilan hamkorlikni toʻxtatadi, NICE2CU kompaniyasini yaratib, NK yakkaxon loyihasini ishga tushiradi . left|thumb|240x240px| Nastya Laima Rendezvous Jurmala 2017 festivalida 2017-yilda qoʻshiqchi oʻzining „#EtoMoyaNoch“ debyut yakkaxon videoklipini chiqaradi . Oʻsha yili Nastya rojdestvo albomi chiqaradi va „Xmas with NK“ telekoʻrsatuvini yoʻlga qoʻyadi. 10 ta trekdan iborat „No Komments“ debyut yakkaxon albomi birdaniga 3 tilda taqdim etildi. Ukrain tilidagi „Trimay“ treki „Eng yaxshi estrada xiti“ mukofotiga sazovor boʻlgan, deyarli bir yil davomida Ukraina chartlarining yuqori qismida boʻlgan va Italiyadagi RAI RADIO radiosining eshittirilgan birinchi ukrainalik trek hamdir.
M1 Music Awards boʻyicha ikki marta yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi deb tan olingan, Cosmopolitan Awards 2018 boʻyicha „Yil xonandasi“ unvonini olgan, Ukraina TRK talqini boʻyicha Newsmaker of the Year 2017 va International Star, 2020-yilda eng yaxshi ijrochi nominatsiyasida YUNA mukofoti gʻolibi.
Lotin Amerikadagi muvaffaqiyati Kamenskiyning ota-onasi bir muncha vaqt Meksikada yashashgan, uning sevimli qoʻshigʻi Meksika xalq qoʻshigʻi „Cucurucu, paloma“ boʻlgan.
2018-yil sentyabr oyida Kamenskix oʻzining birinchi ingliz-ispan treki „Peligroso“ni taqdim etadi. Qoʻshiq Billboard musiqa chartiga kiradi va ikki oy chart roʻyxatida boʻladi. Qoʻshiq Telemundo telekanlinign ¡Despierta América!, Total Acceso i Noticias ertalabki shousida ham eshittirilgan.
Nastya reggaeton ijrochisi De La Ghetto bilan birgalikda „Peligroso“ trekining remiksini chiqargan. thumb|272x272px| Kamenskiy M1 Music Awards 2019 festivalida Oʻsha yili Kamenskix „Elefante“ qoʻshigʻini va uning videoklipini namoyish ettiradi. Tez orada trek nufuzli Shazam Global jahon chartiga kiradi. Qoʻshiq, shuningdek, TikTok ijtimoiy tarmogʻida mashhurlikka erishadi. Trek Lotin Amerikasi TikTokning asosiy sahifasida, Viral va Puro Flow pleylistlarida ham paydo boʻladi. Nastya Meksikaning „Cuídate de la Cámara“ moda koʻrgazmasida suratga tushgan.
2020-yil boshida Kamenskix reggaeton ijrochisi Jacob Forever va Jessy Frank bilan birga „Miami“ trekini chiqaradi.
14-fevral kuni ispaniyalik qoʻshiqchi Xuan Magan bilan hamkorlikda kuylagan „Lollipop“ trekining videoklipini namoyish etadi.
2020-yil yozida Kamenskix „A Huevo“ treki uchun videoklip olishini eʼlon qildi, kilp premyerasi 4-sentyabrda boʻlib oʻtadi. 18-sentyabr kuni ispan tilidagi Ecléctica albomini taqdim etadi.
Fuqarolik pozitsiyasi 2022-yil aprel oyida Nastya Kamenskix oʻz mamlakatini qoʻllab-quvvatlagani va Rossiyaning unga bostirib kirishini qoralagani uchun 50 yilga Rossiyaga kirishi taqiqlanadiLobode, Potapu i Serdyuchke zapretili vʼezd v RF na 50 let .
Televideniyedagi faoliyati 2007-yilda Ukrainadagi 1+1 kanalida " Yulduzlar bilan raqs " ishtirokchisi.
2008-yilda Rossiyaning Birinchi kanalidagi „Ikki yulduz“ televizion loyihasining yulduz ishtirokchisi.
2010-yild Ukrainadagi 1+1 kanali "Yulduz + Yulduz " loyihasining yulduz ishtirokchisi.
2010-yilda Ukrainadagi M1 musiqa kanalida „Guten Morgen“ ertalabki dasturining teleboshlovchisi.
2016-yildan beri Ukrainadagi 1+1 kanalida „Rassmeshi komika. Deti“ dasturining bolalar versiyasi boshlovchisi..
2017-yildan beri STB kanalidagi " X-Factor " vokal shousining hakami va murabbiyi. Bebaho tajribaga ega xonandaga muhim vazifa haqiqiy isteʼdodlarni topish va ijodiy rivojlanish yoʻliga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish yuklangan.
2018-yilda ustozi Nastya Kamenskix boʻlgan ZBSband jamoasi shouning 9-mavsumida gʻolib chiqadi va Ukraina X-Factorni yutgan birinchi guruhga aylanadi.
2020-yilda Kamenskix The Voice Ukraina vokal shousining murabbiyi boʻladi.
2021-yil yanvar oyida " Maska " shousida Ukraina TRK yulduz detektivlarining aʼzosi boʻlgani.
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati 2015-yil 20-mayda Kamenskix „NKblog“ kanalini yaratdi. Instagram akkaunti NKblogning davomiga aylandi. Global COVID-19 pandemiyasi tufayli karantin paytida Nastya Instagramda jonli ravishda bir qator sport mashgʻulotlarini oʻtkazadi. YouTubeda videoashgʻulotlar olib boradi.
Tadbirkorlik faoliyati 2017-yilda Kamenskix Ukrainaning modnaKasta savdo klubi bilan birgalikda „NKsport“ sport kiyimlari brendini ishga tushiradi.
Xayriya 2017-yildan Charity Weekendning doimiy ishtirokchisi. Xayriyada yigʻilgan mablagʻlar Ukraina Milliy Tibbiyot fanlari akademiyasining Travmatologiya va ortopediya institutiga yuboriladi. 2017-yilda Kamenskix „Jiznelyub“ xayriya jamgʻarmasini ham qoʻllab-quvvatlay boshladi.
2020-yilda Kamenskix UNICEF va Raqamli rivojlanish vazirligining loyihaga qoʻshiladi. Nastya oʻsmirlar uchun suratga olingan kiberbullingni qanday aniqlash va toʻxtatishga moʻljallangan serialda rol oʻynaydi.
2020-yil avgust oyida Tabletochki jamgʻarmasining „Gullar oʻrniga xayriya“ yillik kampaniyasiga qoʻshildi.
Diskografiyasi Studiyaviy albomlar Potap va Nastya guruhi 2008 — „Ne para“ 2009 — „Ne lyubi mne mozgi“ 2013 — „Vsyo puchkom“ 2015 — „Shit i Myach“ Yakkaxon albomlari 2018 — No Komments 2021 — „Krasnoe vino“ Mini albomlari 2017 — Xmas with NK 2020 — Ecléctica Singllari Potap va Nastya guruhi Bez lyubvi (2006) Nepara (2007) Krepkie oreshki (2007) Na raYone (2008) Pochemu (2008) Ne lyubi mne mozgi (2009) Vnature (2009) Razgulyay (2009) Noviy god (2009) Kray mi e river (2010) Chumachechaya vesna (2011) Vikrutasi (2011) Mi otmenyaem K. S. (2011) Yesli vdrug (2011) Prileleto (2012) Uleleto (2012) Lyubov so skidkoy (2012) RuRuRu (2013) Vmeste (2013) Vsyo puchkom (2013) Udi Udi (2014) Bumdiggibay (2015) Stil sobachki (2015) Umami (2016) Ya……Ya (2017) Yakkaxon Yil Singl Albom2005"Kakaya raznitsa" rowspan="2" 2016"Abnimos/Dosvidos" (feat.Nadya Dorofeyeva) 2017"#etomoyanoch"NO KOMMENTS2018"Day mne""Trimay""Ti je ne zabil" (feat. Lyubov Uspenskaya)"LOMALA"NO KOMMENTS"Peligroso" "Popa kak u Kim"<center>NO KOMMENTS2019"8-ma marta" (feat. ZBS Band) rowspan="3" "Peligroso" (feat. De La Ghetto)"Obisyayu""Elefante"Ecléctica2020"Miami" (feat. Jacob Forever) rowspan="3" "Lollipop" (feat. Juan Magan)"Vospominaniya""A Huevo" Eclèctica"VIBE" Krasnoe vino2021"Pochuttya""Devochki rulyat""Ma""Krasnoe vino"2022"Ya — Ukraina"rowspan="4" "Koli mine viyna""Krishtal""Mama-Zima"2023"Dusha"rowspan="1"
Filmografiyasi 2009 — Krasnaya shapochka — Krasnaya shapochka. 2013 — „1+1 doma“ — Kameo. 2014 — „Alisa v strane chudes“ — Afanasiy onasi; sichqoncha Sonya. 2014 — „7-oy gnom“ — Prujinka. 2014 — „Babay“ — Yalmogʻiz. 2018 — „Tatko gusak“ — Chi ismli oʻrdakcha. 2019 — „Xostel“ — Kameo.
Televideniye 2008—2009 — „Karaoke protiv Naroda“ 2009—2010 — „Guten Morgen“ 2010 — „Ya lyublyu Ukrainu“ 2016—2019 — „Rassmeshi komika. Deti“ 2017—2019 — „X-Faktor“ 2020 — „Golos kraini“ 2021 — „Maska“
Kliplari Yil Klip Rejissyor Albom „Potap i Nastya“ guruhi2006Bez lyubviAleksey Potapenko2007Ne para <center> Ne paraKrepkie oreshkiVnature2008RazgulyayNa raYone<center> Ne lyubi mne mozgiPochemu<center> Ne para2009Ne lyubi mne mozgi<center> Ne lyubi mne mozgiNoviy Godrowspan="5" 2010Kray mi e RiverLeto (Potap i yego komanda)Chipsi, chiksi, lavandos (selo),2011VikrutasiChumachechaya vesna<center>Vse puchkomMi otmenyaem K. S.Yesli vdrug2012PrileletoUleletoAwesome summerLyubov so skidkoy2013RuRuRuVmesteVsyo puchkomLeonid Kolosovskiy2014Udi UdiAleksey Potapenko2015Bumdiggibay<center>ShitStil sobachki (feat. ByankaLeonid Kolosovskiy2016Umamirowspan="3" Zolotie kiti2017Ya…….Ya (YadovitaYa) Yakkaxon faoliyati2005Kakaya raznitsa2017#ETOMOYaNOChAlan Badoev<center> NO KOMMENTS2018Day mneTanya MuinoTrimay (Lyric Video)Sonya PlakidyukLOMALATanya MuinoPeligroso (Lyric Video)Tata Belinina2019Popa kak u KimLeonid Kolosovskiy<center>NO KOMMENTS8-ma marta (feat. ZBS Band)Vladislav Oniщenko, Bogdan Buyluk rowspan="3" Peligroso (feat. De La Ghetto)Tata BelininaObisyayuDenis Manoxa, Maksim ShelkovnikovElefanteLeonid Kolosovskiy<center>Ecléctica2020Lollipop (feat. Juan Magan)Tata Belinina rowspan="2" VospominaniyaNastya KamenskixA HuevoLeonid Kolosovskiy<center>EclécticaVIBENastya Kamenskix<center>Krasnoe vino 2021Pochuttya Leonid KolosovskiyDevochki rulyatKrasnoe vinoTata BelininaSorry 2 (feat. Vasya Demchuk)Dmitriy Demyanes<center>TVA2022Ya — UkrainanomaʼlumYou CryingKoli mine vinaKrishtal
Mukofotlari Yakkaxon faoliyati YilMukofotKategoriyaNatija2017Zvyozdniy Put (TRK Ukraina)Nyuzmeyker Goda 2017Gʻalaba2017TRK Ukraina musiqiy mukofotiEng yaxshi Rojdestvo qoʻshigʻiGʻalaba2018MEDIA SIESTANewsmaker of the Year 2018Gʻalaba2018M1 musiqiy mukofoti, 4-mavsumVideo zimi 2018Gʻalaba2018M1 musiqiy mukofoti, 4-mavsumBahor xonandasi 2018Gʻalaba2018Cosmopolitan AwardsYil xonandasi 2018Gʻalaba2018M1 musiqiy mukofoti, 4-mavsumYil xonandasi 2018Gʻalaba2018M1 musiqiy mukofoti, 4-mavsumYil klipi 2018Gʻalaba2018Zvyozdniy Put (TRK Ukraina)International Star 2018Gʻalaba2019YUNA musiqiy mukofotiEng yaxshi estrada xitiGʻalaba2019M1 musiqiy mukofoti, 5-mavsumYil xonandasi 2019Gʻalaba2019M1 musiqiy mukofoti, 5 SezonaChervona rutaGʻalaba2019X-faktorLyubimaya chetverka sudey2019TRK Ukraina“Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi 2019"Gʻalaba2020M2 musiqiy mukofoti, Zolotaya jar-ptitsa"Milliy xit"Gʻalaba2020M2 musiqiy mukofoti, Zolotaya jar-ptitsa"Yil xonandasi"Gʻalaba2020YUNA musiqiy mukofotiEng yaxshi ijrochiGʻalaba2022YUNA musiqiy mukofotiEng yaxshi ijrochiGʻalaba
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:4-mayda tugʻilganlar