Wolt Enterprises Oy, ommaga Wolt nomi bilan tanilgan, — asosan oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi Finlandiya kompaniyasi. Mijozlar kompaniya ilovasi (iOS va Android uchun mavjud) yoki veb-saytida kompaniya hamkorlaridan mahsulotlarni buyurtma qilib, oʻzlari olib ketishlari yoki yetkazib berish xizmatidan ham foydalanishlari mumkin. Wolt shuningdek, oʻzining Wolt Market deb nomlangan oziq-ovqat doʻkonlari tarmogʻiga ham egalik qiladi. Kompaniya bosh qarorgohi Finlandiya poytaxti Helsinkida joylashgan.
2022-yil may oyida Wolt Amerikaning oziq-ovqat yetkazib beruvchi DoorDash kompaniyasi tomonidan sotib olingan. DoorDash bugungi kunda 29 mamlakatda faoliyat yuritadi, ulardan 25 tasida Wolt nomi ostida mahsulot va xizmatlarni taklif etadi.
Tarixi Wolt 2014-yilda 6 ta shaxs tomonidan, jumladan, Slush nomi ostida yillik tadbir oʻtkazuvchi kompaniyaning sobiq bosh direktori va Woltning amaldagi bosh direktori Miki Kuusi tomonidan tashkil etilgan. Kuusi 2022-yilning may oyigacha, DoorDash Wolt kompaniyasini sotib olguniga qadar DoorDashning AQSHdan tashqaridagi faoliyati uchun masʼul edi.
2023-yil may holatiga koʻra, Wolt 25 mamlakatda va 300 dan ortiq shaharlarda, jumladan Helsinki, Tokio va Berlinda faoliyat olib borgan. Kompaniyaning 70 000 dan ortiq savdo hamkorlari, 150 000 kuryerlik hamkorlari va 20 million roʻyxatdan oʻtgan mijozlari bor. Woltning 25 ta mamlakatda ochilgan ofislarida 7000 dan ortiq xodim ishlaydi.
2021-yil noyabr oyida Wolt DoorDashga aksiyalar almashinuvi orqali birlashtirilayotgani eʼlon qilindi, bu esa Wolt aksiyadorlariga DoorDash aksiyalarining bir qismini 8,1 milliard AQSh dollari evaziga sotilishiga sabab boʻladi. 2022-yil 31-mayda Woltning DoorDash tomonidan sotib olinishi o'z yakuniga yetadi.
DoorDash tomonidan sotib olinishidan oldin, Wolt investorlardan 856 million dollar mablagʻ toʻplagan. ICONIQ Capital, Highland Europe, 83North, EQT Ventures, Tiger Global, DST Global, Prosus, KKR, Coatue, Inventure, Lifeline Ventures, Supercell asoschisi va bosh direktori Ilkka Paananen, Nokia raisi Risto Siilasmaa va boshqalar shular jumlasidandir.
Wolt Financial Times tomonidan chop etilgan FT:1000 Yevropaning eng tez rivojlanayotgan kompaniyalari 2020 jadvalida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Yillar boʻyicha kompaniyaning rivojlanishi 2014: Wolt kompaniyasiga Finlandiyaning poytaxti Helsinkida asos solingan. 2015: Helsinki shahrida mijozlar mahsulotlarni olib ketishi mumkin boʻlgan doʻkonlar ochilgan. 2016: Wolt xizmatlari qatoriga yetkazib berishni qoʻshilgan. Shvetsiya va Estoniyada ham xizmatlar yo'lga qo'yilgan. Estoniya poytaxti Tallinda Starship Technologies bilan hamkorlikda yetkazib beruvchi robotlar bilan tajriba oʻtkazilgan. 2017: Daniya, Latviya va Litva davlatlarida ham o'z xizmatlarini taklif eta boshlaydi. 2018: Xorvatiya, Chexiya, Norvegiya, Vengriya, Gruziya, Isroil va Polshada ham o'z offislarini ochadi. 2019: Serbiya, Gretsiya, Ozarbayjon, Slovakiya, Sloveniya va Qozogʻistonda faoliyat boshlaydi. 2020: Yaponiya, Kipr Respublikasi, Malta va Germaniyada xizmatlarini ishga tushiradi. Helsinkida Wolt oʻzining „Wolt Market“ oziq-ovqat doʻkonlari tarmogʻiga asos soladi. 2022: Uzoq vaqtli munozaralardan soʻng DoorDash tomonidan sotib olinadi. 2023: Avstriya va Islandiyada ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 2024: Lyuksemburg va Albaniyada ham ishga tushiriladi.
Kuryerlar Wolt yetkazib berishda doimiy haydovchilari orqali emas (Germaniya bundan mustasno), balki oʻzi-oʻzi ish bilan taʼminlaydigan yaʼni qachon, qayerda va qancha ishlashlarini oʻzlari hal qiladigan ishchilar xizmatidan foydalanadi. Bunda kuryerlar oʻz ish haqining hisobidan pensiya, ijtimoiy sugʻurta va asbob-uskunalar bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzlari toʻlashlari kerak boʻladi. Finlandiyada, davlat qonunchiligiga koʻra, agar yillik YEL daromadi kamida 8575,45 yevro boʻlsa, 4 oydan ortiq ishlagan ishchilar uchun ularning pensiya va kasallik xarajatlari odatda YEL sugʻurtasi (Tadbirkorning pensiya sugʻurtasi) orqali toʻlab beriladi. Masalan, avtomobildan foydalanishda benzin, sugʻurta va boshqa xarajatlarni kompaniya oʻz zimmasiga oladi. Oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan shaxslar sifatida kuryerlar taʼtil davomida ish haqi olmaydilar. Woltning soʻzlariga koʻra, kuryerlarning uchdan bir qismi toʻliq ish vaqtida ishlaydi, hamda ularning taxminan chorak qismi talabalardan iborat. Helsinkida immigrantlarning katta qismi ayni shu kompaniya uchun kuryerlik qiladi.
Manbalar
Turkum:Finlandiyadagi korxonalar