Klub 27 () — 27 yoshida va aksariyat hollarda gʻalati hodisalar tufayli vafot etgan qoʻshiqchilarning birlashgan nomithe27s.com , „The 27s: The Greatest Myth of Rock & Roll“Club 27 Musicians Who have Died from the ‘Curseʼ. z6mag.com (Aug 21st, 2012).
Klub 27ga kiritlgan qoʻshiqchilar 7 musiqachidan iborat roʻyxatga birinchi boʻlib Robert Johnson kiritilgan. Keyinchalik Jimi Hendrix, Jim Morrison va Janis Joplin ushbu roʻyxatga qoʻshilgan. Ushbu klub paydo boʻlishining asosiy sababi sifatida ushbu qoʻshiqchilarning vafoti orasida 10 oygina farq boʻlganligi keltiriladi.
Keyinchalik ushbu roʻyxatga Brayan Jons qoʻshilgan. Morrison va Jons bir kunda vafot etishgan edi, lekin 2 yillik farq bilan.
Soʻngra klubga oʻz mashhurligi choʻqqisida, 1994-yilda oʻzini otib oʻldirgan Kurt Cobain qoʻshilgan.
Britaniyalik qoʻshiqchi Amy Winehousening 2011-yilgi vafotidan soʻng koʻpgina nashriyotlar uni „Klub 27“ga kiritishganAmy Winehouse Joins Unfortunate „27 Club“ // „Forbes“Amy Winehouse, 27, found dead at her London flat after suspected 'drug overdoseʼ // Daily MailEmi Uaynxaus popala v „Klub 27“ // „Komsomolskaya pravda“.
Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Vafot etish sababi Mashhurligi Robert Johnson 1911-yil 8-may 1938-yil 16-avgust Rasmiy versiya — mashuqalaridan birning rashkchi eri tomonidan otib oʻldirilgan. Boshqa versiyaga koʻra — strixnin bilan zaharlangan. Blyuzmen. XX asrning eng mashhur blyuzmenlaridan biri Brayan Jons 1942-yil 28-fevral 1969-yil 3-iyul Basseynda choʻkib ketadi, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra — oʻldirilgan „The Rolling Stones“ guruhi asoschisi, gitarist Jimi Hendrix 1942-yil 27-noyabr 1970-yil 18-sentabr dori peredozirovkasi tufayli Rok musiqa tarixdagi eng yaxshi gitarist sifatida eʼtirof etiladi100 Greatest Guitarists of All Time . Rolling Stone (August 27, 2003), gitarada ijrosida oʻziga xos uslub yaratuvchisi, qoʻshiqlar muallifi, vokalist Janis Joplin 1943-yil 19-yanvar 1970-yil 4-oktabr rasmiy versiyaga koʻra qoʻshiqchi narkotiklar peredozirovkasi tufayli vafot etgan Blyuz tarixidagi eng yaxshi oq tanli ayol qoʻshiqchilarning biri Jim Morrison 1943-yil 8-dekabr 1971-yil 3-iyul Rasmiy versiya — yurak yetishmovchiligi. Lekin u narkotiklar yoki qotillik tufayli oʻlgan degan farazlar ham borshoir, qoʻshiqlar muallifi, video, The Doors guruhi solisti, rok musiqa tarixidagi eng mashhur qoʻshiqchilardan biri"Morrison poem backs climate plea ", BBC News, January 31, 2007.Kurt Cobain 1967-yil 20-fevral 1994-yil 5-aprel Rasmiy versiya — miltiq bilan oʻzini oʻldirishgitarist, qoʻshiqlar muallifi. Nirvana guruhining aʼzosi. Rok musiqa idollaridan biriAmy Winehouse1983-yil 14-sentabr2011-yil 23-iyulalkogoldan zaharlanishBritaniyalik R&B, jazz, soul qoʻshiqchi. Musiqadagi yutuqlari uchun Greatest Britons-2007 egasi; 6 karra „Grammy“ mukofoti sohibasi Tanqid Kurt Cobainning biografi Charles Cross yozgan edi: „27 yoshida vafot etgan qoʻshiqchilar soni rostdan ham koʻp. Odam har doim va xohlagan vaqtida vafot etishi mumkin boʻlsada, 27 yoshda vafot etganlar soni oshib bormoqda“Cross, Charles R. "P-I’s Writer in Residence Charles R. Cross explores the darker side of 'only the good die youngʻ in the Seattle Post-Intelligencer, 23 February, 2007. Access date 19, June, 2007.
Avstraliya texnika universiteti olimlari statistik analiz bilan „Klub 27“ni shubha ostiga olishmoqchi boʻlishgan. 1956-yildan 2007-yilgacha boʻlgan davrdagi xit-paradlarda yuqori oʻrinlarni olgan qoʻshiqchilarning hammasi haqida maʼlumotlarni oʻrganib shuni aniqlashdiki, qoʻshiqchilar aynan 27 yoshida eng koʻp vafot etishar ekan. Umuman olganda qoʻshiqchilar qolganlarga qaraganda erta vafot etishadi (asosan 40 yoshgacha). Olimlar 1970–1980-yillar oraligʻidagi yosh qoʻshiqchilar vafoti Britaniya alohisining oʻrtacha olamdan oʻtish koʻrsatkichidan 2–3 barorabar yuqori ekanligini aniqlashdi.
Manbalar
Havolalar forever27.co.uk , „The Forever 27 Club“ veb-sayti the27s.com, „The 27s: The Greatest Myth of Rock & Roll“
turkum: 27 yoshda vafot etganlarturkum:Mashhur qo'shiqchilar