Adele Neuhauser (; 1959-yil 17-yanvar, Afina, Gretsiya) — avstriyalik teatr va kino aktrisasi, Avstriya kino akademiyasi () aʼzosi.
Biografiyasi Neuhauser 1959-yil 17-yanvarda Afinada tugʻilgan. Toʻrt yoshida oilasi bilan Gretsiyadan Avstriyaga koʻchib oʻtgan va Vena shahrida yashay boshlashgan. Ota-onasi ajrashganida, otasi Georg bilan birga yashashga qoladi. Oʻn yoshida oʻz joniga suiqasd qilib, bilak tomirlarini kesib tashlaydi, keyin oilasidan qochib ketib, yana bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga uringan.
Neuhauser yoshligida aktrisa boʻlishni xohlagan. 1976-yildan 1978-yilgacha Krauss teatr bilim yurtida () tahsil olgan. Yigirma yoshida aktrisa Germaniyaga koʻchib oʻtadi va Myunster, Essen, Mayns va baʼzan Venadagi teatr sahnalarida chiqish qila boshlaydi. Shu bilan birga filmlarda va televideniyeda rol oʻynaydi. 2008-yilda aktrisa Reinke shishi () va uning keyingi asoratlari sababli ovoz paychalarining jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan. right|thumb|280x280px| Adele Romy mukofoti bilan, 2012-yil 2011-yildan hozirgi kunga qadar aktrisa Avstriyaning ORF kanalida „Tatort“ teleserialida oʻynamoqdaFrank Rauscher, Teleschau-Mediendienst: Adele Neuhauser. — Kommissarin an der Wand. Interview anlässlich Tatort: Ausgelöscht am 29. Mai 2011. In: tatort-fundus.de. Abgerufen am 14. Juni 2011. 2014-yildan oʻgʻli, gitarachi Julian Pajzs bilan birgalikda "Die letzten ihrer Art" adabiy-musiqiy postanovkada ishtirok etib kelmoqda.
Adele jamoat ishlari bilan ham shugʻullanadi, Plan International Deutschland tashkilotida bolalarga yordam berishda ishtirok etib kelmoqda hamda tashkilotning vasiylik kengashi aʼzosi hamdir. 2016-yilda Tatort teleseriali ishtirokchilari bilan birgalikda Weißer Ring assotsiatsiyasining xayriya yubiley kampaniyasida ishtirok etadi.
Bir necha marta Romy mukofotiga sazovor boʻlgan: 2012, 2013 va 2014-yillarda serialdagi eng mashhur ijrochi sifatida; 2016 va 2017-yillarda eng mashhur aktrisa sifatida.
Shaxsiy hayoti Eri, aktyor va rejissyor Zoltan Paul ajrashganidan soʻng, oʻgʻli Julian (jaz musiqachisi, gitarachi, Graz musiqa va teatr universitetini () tamomlagan) bilan Venada yashaydi.
Aktrisaning bobosi va buvisi rassomlar boʻlishgan boʻlib, bobosi Venadagi Rassomlar uyida sgraffito yaratgan, buvisi Vena ustaxonalarida ishlagan. Akasi Piter Markvant ham ularning izidan borib, rassom boʻlgan.
Filmografiyasi 2016-yil: „Tator: Die Kunst des Krieges“ 2009-yil: „Desert Flower“ 2009-yil: „Polizeiruf 110“ 2006-yil: „Wo ist Fred?“ 2003-yil: „Schulmädchen“ 2003-yil: „Die Rosenheim-Cops“ 2008-2011: „Doctor’s Diary — Männer sind die beste Medizin“ Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:17-yanvarda tugʻilganlar