Jomʼe masjidi (مسجد جامع) — Kanadaning Ontario shtati Toronto shahridagi masjid. High Parkning sharqida joylashgan. U Kanadadagi eng qadimgi islom markazi boʻlib, „Torontodagi barcha masjidlarning onasi“ deb nomlanadiDoors Open Toronto, „Jami Mosque“, 2009Jami Mosque: About us .
1930-yilda Presbyterian cherkovi sifatida qurilgan binoDoors Open Toronto, „Jami Mosque“, 2009, 1969-yilda Torontoning kichik, asosan bosnyak va alban musulmon jamoasi tomonidan sotib olingan va shaharning birinchi islomiy ibodat markaziga aylantirilganJami Mosque: About us .
Tarixi Masjid 1961-yilda tashkil etilgan va birinchi marta Dundas West va Keele yaqinidagi charm doʻkoni oʻrnida qurilgan. Hozirda masjid joylashgan inshoot dastlab 1930-yilda John Francis Brown & Son tomonidan High Park Presbyterian cherkovi sifatida qurilgan. 1969-yilda Toronto musulmon jamiyati Saudiya Arabistoni qiroli Faysaldan cherkov binosini oldindan mavjud jamoat uchun uy va Torontodagi birinchi doimiy masjid sifatida sotib olish uchun mablagʻ olishga muvaffaq boʻlgan.
Jom’e dastlab „Tabligʻi jamoat“ning koʻp sonli tarafdorlariga ega boʻlgan boʻlsa-da, gujarati musulmonlarining katta oqimi Toronto sharqidagi zalni ijaraga olisha boshlagach ularning soni kamaygan. 1981-yilda Madina masjidiga aylantirilgan bino sotib olingan va u Tabligʻi jamoatning maʼnaviy markaziga aylangan. Shundan soʻng Jom’e Musulmon Talabalar Uyushmasida yetakchilik qlishni boshladiMasud, Muhammad Khalid. „Travellers in faith: studies of the Tablīghī Jamāʻat“, p. 227.
Taniqli jamoatchilar
Ahmad Kutti — Shimoliy Amerika islom olimi, Jomiyning sobiq imomi Ahmad Xadr — Umar Xadrning otasi Muhammad Abdulla Varsame — Kanada fuqarosi AQShda terrorizmga moddiy yordam koʻrsatgani uchun sudlangan Muhammad Zeki Mahjub — Misr fuqarosi Kanadada „Fath avangardlari“ ga aʼzoligi uchun xavfsizlik sertifikati bilan hibsga olingan Mahjoub (Re), 2013 FC 1092 (CanLII), <https://canlii.ca/t/gn61d>, retrieved on 2023-06-16 Hasan Almrey - Kanadada xavfsizlik sertifikati bilan yashagan Suriya fuqarosi, al-Qoidaga aʼzolikda gumon qilingan holda hibsga olinganAlmrei, Hassan. Affidavit, November 9, 2005.
Yana qarang
Kanadadagi masjidlar roʻyxati Amerikadagi masjidlar roʻyxati Masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Jomiy masjidi
Turkum:Katta masjidlar Turkum:Gujarot diasporasi Turkum:Torontodagi masjidlar