Turkum:Turkiya telekanallari TV8, 1999-yil 22-fevralda MNG Media Guruhi qoshida efirini boshlagan, 2013-yildan buyon Ajun Media qoshida efirga uzatilayotgan milliy televizion va koʻngilochar kanalidir. Markaziy studiyalari Ayazagʻada joylashgan.
Tarixi
Siyosat va yangiliklar kanali sifatida 1999-yilda efirga chiqa boshlagan TV8, 2003-yilda logotip va formatini oʻzgartirib, milliy kanallar qatoriga qoʻshildi. 2009-yilda yana logotipini oʻzgartirdi, lekin milliy kanal formatida oʻz efirlarini davom ettirdi.
TV8 2013-yil 9-sentyabrdan boshlab 16:9 keng ekran formatiga oʻtish orqali oʻz logotipi va introlarini oʻzgartirdi va keyinchalik 2013-yil 13-noyabrda Ajun Ilijaliga sotildi.
Ajun Mediaʼga oʻtishi bilan yana formatini oʻzgartirdi va TV8 koʻngilochar kanaliga aylandi. Ajun Ilijalining kanalda axborot dasturlari boʻlishini istamasligini eʼlon qilganidan keyin, buning natijasi oʻlaroq TV8 Asosiy Yangiliklar va Xabaraktiv kabi xabar dasturlari tugatildi va TV8 xabar markazi xodimlari ishdan boʻshatilib, kanal bilan xayrlashdi. Bundan tashqari, Kanalturkʼdan koʻchirilgan Telegol dasturi ham efirdan olib tashlandi.
2014-yil 1-sentabrdan eʼtiboran Ajun Mediaʼdagi barcha koʻrsatuvlar TV8ʼga koʻchirildi va 20:00 da logotipi, introlari va shiorini oʻzgartirildi. Shu bilan birga, Digiturk platformasi orqali bir vaqtning oʻzida HD translyatsiyasini boshladi. Bundan tashqari, Premer-liga 2014-2015 mavsumi boshida oʻyinlarni translyatsiya qilib, oradan biroz vaqt oʻtib liga translyatsiya shartnomasidagi shartlarni bajara olmaganidan soʻng oʻyinlar translyatsiya qilinmay qolgan va Premier League 2014-2015 mavsumi oʻrniga Copa del Rey, Coppa Italia oʻyinlari uchun translyatsiya huquqini sotib oldi.
2014-yil noyabr oyida Rejep Ivedik filmlarining translyatsiya huquqini sotib oldi.
2015-yil 5-yanvarda „Bu Tarz Meniki“ loyihasini Show TVʼdan koʻchirib, efirga uzata boshladi.
2015-yil 18-fevral kuni TV8 telekanalining HD efiri Türksat tomonidan ham bir vaqtning oʻzida translyatsiyasi qilina boshlandi.
2015-yil 3-iyulda Survivor All Star loyihasining finali boʻlib oʻtdi.
2015-yil 12-noyabrda Dogʻush Efir Guruhi TV8 hissalarining 30% ini sotib olib, kanalga hamkor boʻldi.
2016-yil mart oyidan boshlab National Basketball Association oʻyinlarini ham efirga uzata boshladi.
2016-yil 6-oktabrda TV8,5 efirini boshladi. 2017-yil 3-martda HD efirga oʻtdi.
2021-2022 mavsumidan boshlab tuzilgan 3 yillik kelishuv natijasida TV8.5 va Exxen bilan birgalikda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasining yarim final va final oʻyinlari, UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi va UEFA Superkubogi finali RTÜKʼning muhim voqealar roʻyxatida boʻlgani uchun parolsiz efirga uzatilgan.
2022-yil fevral oyida Karakomik Filmlar Avlodi kompaniyasining translyatsiya huquqi egasiga aylandi.
TV8 HD
TV8 HD, 2014-yil 1-sentabrda tashkil etilgan, TV8 bilan bir vaqtda translyatsiya qilinadigan TV8ʼning yuqori aniqlikdagi kanalidir.
2015-yil 18-fevralgacha uni faqat Digiturk 329-kanalda tomosha qilish mumkin edi, ammo 2015-yil 18-fevraldan boshlab TV8 HD, Türksat 4A 12356 H 7100 2/3 chastotasidan, Turkcell TV+ 27-kanaldan, tivibu 316-kanaldan, D-Smart 28-kanaldan, Digiturk 28-kanaldan, Turksat TKGS 8-kanaldan va KabloTV 29-kanaldan ham tomosha qilish mumkin boʻldi. 2023-yilda logotipdagi HD iborasi olib tashlanadi.
HD efirga uzatilgan dasturlar
Film
2014 -: TV8 Mahalliy Film Davrasi 2022 -: TV8 Karakomik Filmlar Davrasi
Hajviy
Oʻynat Koʻraylik (Furkan Dede)
Bellashuv
Zuhal Topal bilan Yemakdamiz (Zuhal Topal) (Kanal Dʼdan kelgan.) (Dushanbadan jumagacha 16:00 da) Survivor Turkiya (Star TVʼdan kelgan.) (Har kuni 20:00 da) Javob Ber Turkiya (Eser Yenenler va Berfu Yenenler) (Juma 23:15 va yakshanba 14:30) Omadli gʻildirak (Jem Davran) (Kanal Dʼdan kelgan.) (Hafta oxiri 16:15) MasterChef Turkiya (Show TVʼdan kelgan.) (Mavsum orasi) Bu Ovoz Turkiya (Star TVʼdan kelgan.) (Mavsum orasi) Pishir qani Koʻraylik (Tugʻba Ulker va Serhat Dogʻramaji) (Nomaʼlum)
Tok-shou
Survivor Ekstra (Juma kunidan tashqari hafta ichi har kuni 14:00) Survivor Panorama (Nomaʼlum)
Shou-biznes
Kel Gaplashaylik (Demet Akalin va Jess Molho) (Dushanbadan jumagacha 11:45 da) Oramizda Qolmasin (Muge Dagʻistanli) (Dushanbadan jumagacha 08:30 da) Gazeta Shou-biznes (Ezgi Avji) (Hafta oxiri 10:00 da)
Hayotiy-Aktual
Emre Dorman bilan Xayolimdagi Savollar (Emre Dorman) (Dushanbadan jumagacha kechki soatlarda) Emre Dorman bilan Xayolimni Savollar Ramazon (Emre Dorman) (Ramazon oyi davomida har kecha) 8ʼda Sogʻliq (Dushanbadan jumagacha ertalab 07:15 da) Koʻoʻp Yasha (Shanba-yakshanba 08:30 da)
TV8 int
TV8 int, 2014-yil 1-oktabrda tashkil etilgan TV8ʼning Yevropadagi turklar uchun efirga uzatiladigan telekanalidir.
Tashqi havolalar
YouTubeda Instagramda TV8 Facebookda TV8 Xda TV8
Manbalar