Serial qotil () - uchtadan ko'proq inson o'ldirgan shaxs.
Serial qotilliklarga quyidagilar kirmaydi: buyurtma qotilliklar taomilli qotilliklar harbiy harakatlar jarayonida sodir boʻlgan qotilliklar qimmatli narsalarga ega bo'lish maqsadida amalga oshirilgan qotilliklar ommaviy qotilliklar mafkuraviy ishonishga ko'ra (terror, maktabdagi otishmalar)
Serial qotil termini birinchi martta 1976-yil Theodore Bundyni shaxsiyatini ta'riflashda ishlatilgan.
AQShda serial qotillarning ko'pchiligi (73 %) oq erkaklar boʻlgan bo'lib, aksariyat qismi past tabaqalardan chiqgan.
Serial qotillar klassifikatsiyasi
Sababiga ko'ra Hukmronlik ovchilari — o'zidan kuchsiz, ojiz qurbonlarni tanlab, o'zidagi kamchiliklarni shu yo'l bilan to'ldirish. ( Bob Berdella, David Berkowitz). Gedonistlar — jinsiy ehtiyojlarini qondirish, zavq olish maqsadida o'ldiruvchi qotillar (Jeffrey Dahmer, John Wayne Gacy). «Vizionerlar» — ruhiy holati joyida bo'lmagan, asosan shizofreniklar. Misol - Kaliforniyada zilzilani oldini olish uchun unga eshitilgan "ovoz"ni aytganini qilib 13 kishini o'ldirgan paranoid-shizofrenik Garbert Mallin. «Missonerlar» — o'zlarini qasoskor deb ataydigan, ommani fohisha, gomoseksual, yahudiy kabi "iflosliklar"dan tozalaydiganlar. (Joe Franklin, John Bodkin Adams)
Usuliga ko'ra Uyushtirilgan (misol - Andrey Chikatilo) Uyushtirilmagan
Mashhur serial qotillar Theodore Robert Bundy Ed Gein Jeffrey Lionel Dahmer Jack the Ripper Albert Fish Andrey Romanovich Chikatilo
Havolalar Serial qotillar haqida ruscha sayt Serial qotillar haqida turkcha sayt
*