Tavilot ahl as-Sunna () yoki Tavilot al-Qurʼon () asari Tafsir al-Moturidiy () nomi bilan mashhur boʻlib, klassik sunniy tafsiri (Qurʼon tafsiri) hisoblanadi va Tabariy bilan zamondosh hanafiy olimi Abu Mansur al-Moturidiy (vaf. 333/944) tomonidan yozilgan.
Al-Moturidiy nufuzli va betaraf manbalardan foydalanishni afzal koʻrgan. Binobarin, buni anʼanaviy tafsir (Tafsir bi al-maʼtur — anʼana yoki matnga asoslangan talqin) va mantiqiy tafsirni (Tafsir bi ar-Raʼy — mustaqil fikrga asoslangan tafsir) uygʻunlashtirgan tafsir deyish mumkin.
Moturidiy asosan maʼlum bir oyat yoki oyatning maʼnolari boʻyicha bahslarda ilohiyot yoki mazhabga oid masalalar nima ekanligini koʻrsatib bergan. Muallif ahl as-sunna val-jamoaning aqidaviy qarashlarini Qurʼonda mavjud boʻlgan toʻgʻri asosda oqilona, asosli va qatʼiy himoya qilgan.
Asar ustida ishlagan Alouddin Ahmad ibn Muhammad Abu Bakr as-Samarqandiyning (taxminan 540/1145-yilda vafot etgan) yozishicha, Moturidiy Tavilni oʻzi yozmagan, balki shogirdlari tayyorlagan taʼlimotlar toʻplamidir.
Manbalar
Havolalar Tafsir al-Maturidi - Altafsir.com Tafsir al-Maturidi on Surat al-Qadr (English translation) — Institute for the Revival of Traditional Islamic Sciences (IRTIS) TE’VÎLÂTÜ’l-KUR’ÂN — İslâm Ansiklopedisi
Moturidiy Turkum:Tafsir Turkum:Moturidiy adabiyoti Turkum:Kalom