Olha Gennadiyevna Xarlan (; 1990-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — ukrainalik qilichboz. Qilichbozlik boʻyicha ayollar oʻrtasida toʻrt karra jahon chempioni va toʻrt karra olimpiya oʻyinlari sovrindoriOlga Xarlan: Na olіmpіadі mi vzyali svoє, a kitayanok navіt shkoda, Shampion (22 October 2008) . 2012-14, 2017-18 va 2019-21-yillarda ayollar oʻrtasida qilichbozlikning sablya yoʻnalishidagi reytingda 1-oʻrinda qayd etilgan.

Xarlan, shuningdek, sablya yoʻnalishida ikki karra jamoaviy jahon chempioni, olti karra individual Yevropa chempioni va ikki karra jamoaviy Yevropa chempioni. Toʻrt karra Olimpiya chempioni, 2008-yilgi olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqa (Ukraina) gʻolibasi, 2016-yilgi oʻyinlarida jamoaviy musobaqa kumush medal sohibasi va yakkalik bahslarida ikki karra olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori. Xarlan 2008-yilgi Pekin olimpiadasi, 2012-yilgi London olimpiadasi, 2016-yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasi va 2020-yilgi Tokio olimpiadasida ishtirok etgan.

Xarlan nomi Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (Fédération Internationale d’Escrime; FIE) shon-sharaf zaliga kiritilgan. Qisqa vaqt davomida siyosiy siyosiy faoliyat ham olib borgan.

2023-yil 27-iyul kuni Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Mazkur turnir olimpiya oʻyinlari uchun muhim ochkolarni taqdim etishi bilan boshqalaridan ajralib turgan. Xarlan rossiyalik Anna Smirnovani 15-7 hisobida magʻlub etgan. Magʻlubiyatdan soʻng Smirnova tabriklash uchun qoʻlini Xarlanga uzatgan. Xarlan esa Smirnovaga javoban qilichini uzatgan. Smirnova bu holatni oʻziga nisbatan hurmatsizlik va Rossiya-Ukraina urushiga ishora deb hisoblagan. Tashkilotchilarga keskin eʼtiroz bildirgan. 45 daqiqa davomida (qilichbozlik bahslari oʻtkaziladigan) yoʻlakni tark etmagan. Smirnovaning eʼtirozlaridan soʻng, Xarlanga qora kartochka koʻrsatilib, musobaqadan chetlashtirilgan. Ukraina delegatsiyasi apellyatsiya arizasi bilan chiqdi. Ertasi kuni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bach Xarlan 2024-yilgi olimpiya oʻyinlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishi mumkinligi haqida maʼlum qilgan. Bundan tashqari, XOQ bilan maslahatlashganidan soʻng, FIE Xarlanga nisbatan chiqarilgan musobaqadan chetlatish haqidagi qarorini bekor qilgan va jamoaviy musobaqada qatnashish imkoniyatini bergan. Biroq, bu paytga kelib yakkalik musobaqalari yakunlanib boʻlgan edi. Shu sababli Xarlan oʻz faoliyatidagi beshinchi jahon chempionatida (yakkalik bahslarida) ishtirok eta olmagan.

Manbalar

Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Ukraina sportchilari