„Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ () — Yakutsk va Vnukovo (Moskva) aeroportlaridan foydalanadigan Rossiya aviakompaniyasi. Tarixi thumb| Boeing 737-800 Tallin aeroportida (2017-yil) Saxa respublikasi (Yoqutiston) Rossiya Federatsiyasi hududidagi eng yirik maʼmuriy-hududiy birlik boʻlib, fuqaro aviatsiyasi yil davomida harakatlanadigan mamlakatdagi yagona transport turidir va u respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishida ulkan rol oʻynaydi. 2002-yil 30-iyulda Saxa respublikasi (Yoqutiston) Prezidenti Vyacheslav Shtirovning farmoni bilan „SaxaAvia“ va „Yakutskiye avialinii“ aviakompaniyalari negizida mintaqaviy oʻrta masofali „Yakutiya“ aviakompaniyasi tashkil etiladi. 2013-yilning 23-yanvarida Yakutiya aviakompaniyasi oʻzining bortida 49 nafar yoʻlovchi bilan Sukhoi Superjet 100 samolyotida Yakutsk — Xabarovsk yoʻnalishida birinchi yoʻlovchi parvozini amalga oshirgan. 2016-yil dekabr oyida „Yakutiya aviakompaniyasi“ AJ „Polyarniye avialinii“ kompaniyasini sotib oladi. Bitim natijasida Yakutiya „Polyarniye avialinii“ kompaniyasining 100% minus bir ulushiga ega boʻladi. „Oltin“ aksiya Mulk va yer munosabatlari vazirligi tasarrufida Yoqutiston hukumati yurisdiksiyasidadir. 2021-yil 14-sentyabrda Rostransnadzor „Yakutiya“ aviakompaniyasi aviatsiya hodisalari mezoniga kiruvchi 55 dan ortiq hodisani yashirganligini aniqladi. Ertasi kuni aviakompaniyaning bosh direktori Vladimir Gorbunov isteʼfoga chiqadi va uning oʻrinbosari, tijorat direktori Andrey Vinokurov bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. 2022-yil yanvar oyida Rosaviatsiya Rostransnadzorning baholashiga rozi boʻlmaydi va 54 ta hodisani roʻyxatdan chiqarib tashlaydi, faqat ulardan bittasi boʻyicha audit tekshiruvini boshlaydi. 2022-yil 26-oktyabrda „Yakutiya“ aviakompaniyasi Uzoq Sharqning yagona aviatashuvchisi „Avrora“ tarkibiga kiradi.

Faoliyati Aviakompaniyaning bosh ofisi Yakutsk shahrida joylashgan. Aviakompaniyaning asosiy aeroportlari Yakutsk va Moskva shaharlaridagi havo transporti markazlari hisoblanadi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari Rossiya va xorijning 40 dan ortiq turli shaharlarida joylashgan. Floti Hozirgi floti 2023-yil iyun holatiga koʻra aviakompaniya parkida 9 ta samolyot mavjud: +Yakutiya aviakompaniyasi havo floti Rasm Samolyot turi Foydalanilgan Buyurtma qilinganIzohlink=Fayl:VVO_1624_(8985473741).jpg|150x150px Boeing 737-700 2 Bort raqamlari: RA-73262, RA-73263link=Fayl:Boeing_737-85F,_Yakutia_Airlines_JP7646919.jpg|150x150px Boeing 737-800 2 Bort raqamlari: RA-73260, RA-73261link=Fayl:Dash_8_Q300.jpg|150x150px DHC-8-300 2 Bort raqamlari: RA-67268

RA-67270link=Fayl:Sukhoi_Superjet_100-95B,_Yakutia_Airlines_AN2301406.jpg|150x150px SSJ-95B 1 Bort raqamlari: RA-89021link=Fayl:Sukhoi_Superjet_100-95_(RA-89012).jpg|150x150px SSJ-95LR-100 3 Bort raqamlari: RA-89035; RA-89037 ; RA-89038 Jami 5 turdagi samolyotlar 10 0

Sobiq floti +Rasm Turi Miqdori Foydalanishga kiritilgan yili Foydalanishdan chiqarilgan yili Izohlink=Fayl:Antonov_An-140-100,_Yakutia_Airlines_JP6401276.jpg|frameless An-140 4 2006-yil 2014-yillink=Fayl:Yakutia_Airlines_Boeing_757-200_Parfaits.jpg|frameless Boeing 757-200 5 2007-yil 2015-yillink=Fayl:Yakutia_Airlines,_VQ-BPY,_Boeing_757-236_PCF_(15836121533).jpg|frameless Boeing 757-200F 2 2011-yil 2018-yil Yuk samolyotilink=Fayl:Tupolev_Tu-154M,_Yakutia_Airlines_AN1300927.jpg|frameless Tu-154M 10 2002-yil 2018-yil

Yoʻnalishlari „Yakutiya“ aviakompaniyasi samolyotlari Saxa respublikasi (Yoqutiston), Uzoq Sharq federal okrugi shaharlari, Rossiya Federatsiyasining markaziy hududlari, MDH mamlakatlari, Janubi-Sharqiy Osiyo, Kipr va xorijga muntazam amda charter reyslarini amalga oshiradi. Hodisalar 2018-yil 10-oktyabr kuni Ulan-Ude — Yakutsk yoʻnalishida parvoz qilayotgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti qoʻnish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketadi va shikastlanadi. Toʻrt nafar yoʻlovchi shifokorlarga murojaat qilgan. Samolyot hisobdan chiqariladi. 2021-yil 1-iyul kuni Krasnodar — Novosibirsk — Yakutsk reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-700 samolyoti belgilangan aeroportga yetib kelganida fyuzelyajdagi shikastlanishlar aniqlangan. Yakutiya aviakompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilishicha, samolyotning nogermetik qismi shikastlangan. Asosiy sababi uchish-qoʻnish yoʻlagiga tegib ketishi boʻlgan. Manbalar

Turkum:Rossiya aviakompaniyalari