Claude Makélélé Sinda (18-fevral 1973) — futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi boʻlib, tayanch yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan. Eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan Makélélé ingliz futbolida oʻz pozitsiyasining oʻrinini qayta belgilagan, ayniqsa, 2004-2005-yilgi mavsum Premyer Ligada u 95 ochko bilan Chelsea titulni qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynagan.
Parij Sent-Germainda faoliyatini tugatgan futbolchi kareyrasi davomida Nantes, Marseille, Celta Vigo, Real Madrid va Chelsea jamoalari tarkibida ham toʻp surgan. Makélélé faoliyati davomida Fransiya, Ispaniya va Angliya ligalarida goʻlib boʻlgan, shuningdek, Real Madrid bilan 2001-02-yilgi UEFA chempionlar ligasida ham gʻolib boʻlgan. Bundan tashqari, Makélélé bir marta Chelsea tarkibidaligida FIFPRO Erkaklar yil jamoasiga ham kiritilgan.
Zair shahrida tugʻilgan Makélélé 13 yil davomida Fransiya milliy terma jamoasida toʻp surgan. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatining finalgacha yetib borgan Fransiya milliy terma jamoasining tarkibida boʻlgan. U shuningdek, oʻz terma jamoasi bilan 2002-yilgi FIFA jahon chempionatida, ikki marotaba UEFA Yevropa chempionati va 1996-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.
Faoliyatini yakunlagan Makélélé murabbiy va texnik xodim lavozimlariga faoliyat yuritadi. U Bastia va Eupen jamoalari menejeri; Paris Sent-Germain va Swanseada yordamchi menejer; Chelseada yoshlar jamoasi murabbiyi va texnik mentor va Monakoda texnik direktor lavozimlarida ishlagan.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki yillar Makelélé Zairning(hozir Kongo Demokratik Respublikasi) Kinshasa shahrida tugʻilgan. U 1977-yilda, toʻrt yoshida, Parijning yaqinidagi Savigny-le-Temple shaharchasiga koʻchib oʻtdi. Uning otasi André-Joseph Makélélé ham futbolchi edi. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi uchun oʻynagan boʻlib, Belgiyaning uchinchi diviziyasida Union Royale Namur klubida kareyrasini yakunlagan.
1992-1993-yilgi mavsum boshida Makélélé allaqachon Nantesning birinchi jamoasida Liga 1 da toʻp surardi. U besh mavsum davomida Nantsda oʻynadi, 1995-yilda Liga 1 da gʻalaba qozonadi va klubni UEFA chempionlar ligasi yarim finalgacha yetib borishida katta yordam beradi. Shundan soʻng u Marseillega oʻtadi va u yerda bir mavsum davomida oʻynadi.
Celta Vigo Makélélé Marseilledan soʻng Celta Vigoga transfer qilinadi va u Galisiya klubida ikki muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazdi. Aleksandr Mostovoi, Valeri Karpin, Haim Revivo va Míchel Salgado bilan birga oʻynagan Claude UEFA kubogida Celtaga Liverpoolga qarshi 4-1 va Juventusga qarshi 4-0 kabi tarixiy gʻalabalarga oʻz hissasini qoʻshgan.
Real Madrid 2000-yil yozida Makéléléning Nantesdagi sobiq jamoadoshi Christian Karembeu Real Madridni tark etib Middlesbroughga borib qoʻshilgach, Claudeni poytaxt klubi sotib oldi. Makéléléning transferi biroz bahsli vaziyatga sabab boʻldi, chunki Celta Makéléléga boʻlgan taklifni Madrid klubi yaxshilamaguncha sotishni xoxlamaydi. Makéléléning oʻz aniq qaror qabul qilinmaguncha mashgʻulotlarga borishni rad etadi. Oxir-oqibat, Celta uni 14 million yevroga sotishga majbur boʻldihttps://www.90min.com/posts/5646173-former-agent-reveals-the-shocking-events-that-led-to-claude-makelele-joining-real-madrid-from-celta|qaralgan sana=2 August 2019.
Realda Makélélé oʻzining medallari sezilarli miqdorda oshirib oladi: ikki marta Ispaniya La Ligasi chempionligi, UEFA Chempionlar ligasi, Superkopa de Espana, UEFA Superkubogi va Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritadi. Vinsente del Boske Real Madrid jamoasida ishlagan davrlarda Makélélé oʻzini dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi sifatida tanitadi.
Chelsea thumb|Makélélé 2008-yilda thumb|Makélélé(oʻngda) va Alex bilan 2003-yil yozida Makélélé 16,8 million funt sterling evaziga Chelseaga transfer qilinadi. U ushbu klub safida besh mavsum davomida toʻp suradi.
Paris Saint-Germain thumb|Makélélé 2009-yilda Paris Saint-Germain safida 2008-yil 18-iyul sanasida Makélélé Parij klubi uchun tibbiy koʻrikdan oʻtgani haqida xabarlar paydo boʻladi. 21-iyul kuni Chelseani futbolchi erkin agent sifatida tark etadi, Paris Saint-Germain esa futbolchini oʻz safiga qoʻshib olganini oʻsha kuni kechqurungi matbuat anjumanida eʼlon qiladi .
2010-yil 25-fevral kuni u mavsum oxirida isteʼfoga chiqishini eʼlon qiladi, ammo iyun oyida fikrini oʻzgartirgani va klubda yana bir mavsum qolishini aytadi. 2009-10-yilgi mavsum oxirida PSG bilan Fransiya kubogiga sazovor boʻldi.
Murabbiylik faoliyati thumb|Makélélé 2013-yilda Paris Saint-Germainda murabbiylik vazifasida Makélélé 2014-yil 24-may kuni Bastianing bosh murabbiyi boʻldi. Ammo klub murabbiy faoliyatidan qoniqmaganligi sababli olti oy ham oʻtmasdan 2014-yil 1-noyabrda ishdan boʻshatiladi. Bastiadan oldin Makélélé Paul Clement bilan birga Paris Sent-Germeindagi yordamchi murabbiy edi. 2016-yil yanvar oyida Monako Makéléléni texnik direktor etib tayinladi. Makélélé 2017-yil yanvar oyida Premyer Liga klubi Swansea Cityga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi.
Makélélé keyinchalik 2017-yil noyabr oyida Belgiyaning Eupen jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanadi. U 2019-yil avgust oyida deyarli ikki toʻliq mavsum bosh murabbiy sifatida Eupenda ishlagach, sobiq klubi yoshlar murabbiyi va texnik mentor sifatida Chelseaga qaytdi. 2023-yil sentyabr oyida u jamoa bilan oʻzaro kelishuv asosida klubni tark etadi.
Statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaUmumiyDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNantes1992-93Liga 13414011993-94Liga 13003611994-95Liga 13634751995-96Liga 13304501996-97Liga 1365375Umumiy169920512Marseille1997-98Liga 1322363Celta Vigo1998-99La Liga3624421999-2000La Liga341444Umumiy703886Real Madrid2000-01La Liga3304912001-02La Liga3215312002-03La Liga2904202003-04La Liga — Oʻz navbatida .10Umumiy9411452Chelsea2003-04Premyer Liga3004602004-05Premyer Liga3615012005-06Premyer Liga3104102006-07Premyer Liga2914612007-08Premyer Liga180340Umumiy14422172PSG2008-09Liga 13404002009-10Liga 13113612010-11Liga 1330420Umumiy9811181Umumiy6071780925
Terma jamoa +Milliy jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarFransiya19951019971019981020003020016020029020036020048020055020061402007110200860Umumiy710
Sovrinlar
Futbolchi sifatda Nantes
Liga 1: 1994-95
Real Madrid
La Liga: 2000-01, 2002-03 Superkopa de Espana: 2001, 2003 UEFA chempionlar ligasi: 2001-02 UEFA Superkupasi: 2002 Kontinentlararo kubok: 2002
Chelsea
Premyer Liga: 2004-05, 2005-06 FA kubogi: 2006-07 Futbol ligasi kubogi: 2004-05, 2006-07 FA Community Shield: 2005-yil UEFA chempionlar ligasi finalchisi: 2007-08
Paris Saint-Germain
Fransiya kubogi: 2009-10
Fransiya
FIFA Jahon chempionati finalchisi: 2006
Shaxsiy sovrinlari
FIFPro World XI: 2005 Chelsea yil oʻyinchisi: 2006 ESPN 10-yillik ramziy jamoasi: 2009 UNFP Trophée d’honneur: 2010
Manbalar
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol murabbiylari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:RC Celta de Vigo futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:FC Nantes futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar