Elvis Merzļikins (1994-yil 13-aprelda tugʻilgan) — latviyalik professional xokkeychi. Milliy Xokkey Ligasi (NHL)ning Columbus Blue Jackets jamoasi darvozaboni.
Merzļikins bir necha yil Shveytsariyaning HC Lugano klubida faoliyat olib borgan. 2016- va 2018-yillarda Milliy liganing eng yaxshi darvozaboni sifatida Jacques Plante sovrini bilan taqdirlangan. 2014-yilda Blue Jackets safida NHLga kirish loyihasida ishtirok etgan.
Merzļikins 2019-yilda Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtgan va oʻsha yili Milliy xokkey ligasida debyut qilgan.
2021-yilda Blue Jackets klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolagan.
Merzļikins xalqaro miqyosda Latviyaning oʻsmirlar va kattalar terma jamoalari safida bir nechta turnirlarda ishtirok etgan.
Terma jamoa safidagi faoliyati Merzļikins 2012-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 2013-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Latviya oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan. 2016-yilgi jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan va Shvetsiyaga qarshi dastlabki oʻyinda (qoʻshimcha vaqtda Latviya 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan) debyut qilgan. Merzļikins 2017-yilgi jahon chempionatida va 2018-yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2018-yilgi turnirda oltita oʻyinda Latviya terma jamoasi darvozasini qoʻriqlagan. 2019- va 2022-yilgi jahon chempionatlarida ham Latviyaning asosiy darvozaboni sifatida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Merzļikins Latviyaning Riga shahrida tugʻilgan. Merzļikinsning ismi otasining kumiri boʻlgan amerikalik qoʻshiqchi Elvis Presley sharafiga qoʻyilgaan. Merzļikins latishcha, inglizcha, ruscha va italyancha tillarda gapira oladi. Bir oʻgʻli bor. Oʻgʻliga 2021-yil 4-iyuldada Upper Arlington shahrida oʻtkazilgan mushakbozlik paytida Elvis va uning oilasini himoya qilish jarayonida halok boʻlgan sobiq jamoadoshi va yurtdoshi Matīss Kivlenieks sharafiga shunday ism qoʻyishgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar