Betti Alver (toʻliq ismi Elisabet Alver, 1937-yildan Elisabet Talvik, 1956-yildan Elisabet Lepik, sovet pasportiga koʻra Elizabet Martinovna Alver, ; 1906-yil 23-noyabr, Jõgeva, Livonia gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1989-yil 19-iyun, Tartu, Estoniya SSR, SSSR) — estoniyalik shoira, yozuvchi, tarjimon. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1966). Estoniya SSR xalq yozuvchisi (1981). Biografiyasi Betti Alver 1906-yil 23-noyabrda Jõgeva shahrida tugʻilgan. 1924-yilda Tartu shahridagi oʻrta maktabni tugatgan va 1924—1927 yillarda Tartu universitetida eston tili va adabiyoti boʻyicha tahsil olgan. 1927-yilda „Liivi Deevidiivi“ („Shamol mahbubasi“) romani nashr etiladi. Alverning birinchi sheʼrlar kitobi „Tolm ja tuli“ („Chang va olov“) esa 1936-yilda nashr etilgan. Aleksandr Pushkinning sheʼrlari va uning „Yevgeniy Onegin“ (1964) sheʼriy romani, Masknim Gorkiyning „Bolalik“ va „Mening universitetlarim“ sheʼrlari Betti Alver tomonidan eston tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, Kristjan Jaak Petersonning nemis tilida yozilgan sheʼrlarini eston tiliga tarjima qilgan. Betti Alverning sheʼrlari polyak, nemis, ingliz, chex, italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan. Alverning sheʼrlarini rus tiliga Yunna Morits tarjima qilgan. Betti Alver sharafiga uning tugʻilgan shahri Jõgevada „Yulduzli vaqt“ kuzgi sheʼriyat kunlari oʻtkaziladi. 2013-yilda Merkuriydagi krater uning sharafiga Alver deb nomlangan . Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti laureati (1980). Yozma va onlayn ovoz berish natijalariga koʻra 1999-yilda tuzilgan XX asrdagi Estoniyaning 100 ta buyuk arboblari roʻyxatiga kiritilganSajandi sada Eesti suurkuju / Koostanud Tiit Kändler. — Tallinn: Eesti Entsüklopeediakirjastus, 2002. — 216 lk. ISBN 998570102X..
Betti Alver 1989-yil 19-iyunda Tartuda vafot etgan va Tartuning Vana-Jaani qabristoniga dafn qilingan.
Sheʼriy kitoblari Tolm ja tuli (1936); Tähetund (1966); Eluhelbed (1971); Lendav linn (1979); Korallid Emajões (1986).
thumb| Betti Alver tasvir 2006-yilgi Estoniya pochta markasida Filateliyada tasvirlanishi 2006-yilda Estoniya pochtasi Betti Alverning 100 yilligini unga bagʻishlangan pochta markasini chiqarish orqali nishonlaydi. Oilasi Bett Alver shoir Heiti Talvik bilan turmush qurgan. 1956-yilda esa Mart Lepikga (adabiyotchi, Adabiyot muzeyining birinchi direktori, 1940—1945) turmushga chiqadi. Qarindoshlari Eduard Alver (Ozodlik urushi davrida Estoniya mudofaa ittfoqi „Kaitseliit“ qoʻmondoni) va Siim Kallas.
Manbalar
Adabiyotlar Leetmaa E. Betti Alver — 100 // Pärnu Express, 2006-yil 27-oktyabr.
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:19-iyunda vafot etganlar Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:23-noyabrda tugʻilganlar