Ján Riapoš (1968-yil, 28-sentyabr; Heľpa, Slovakiya) – slovakiyalik sportchi, paralimpiyachi. Stol tennisi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etagan. Toʻrt karra paralimpiya chempioni va kumush medal sohibi. Riapošdan koʻproq medalga faqat Genrite Farkas ega (5 oltin, 1 kumush, 1 bronza). Slovakiya paralimpiya qo'mitasi raisi va Slovakiya nogiron sportchilar uyushmasi raisi.
Tarjimai holi 1993-yilda u avtohalokatga uchrab, orqa miyasidan jarohat olgan.
Sportda 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi paralimpiya oʻyinlarida oʻzining eng yaxshi natijalasiga erishgan. Individual bahslardagi gʻoliblikdan tashqari, Rastislav Revúcky va Martin Ludrovský bilan birga jamoaviy bahslarda ham gʻolib boʻlgan.
2016-yili 47 yoshida Riodagi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Yakka tartibdagi turnirda chorak finalda chexiyalik Jiři Suchánekga yutqazib, yakunda beshinchi oʻrinni egallagan. Jamoaviy bahslarda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Sportdan tashqarida 2002-yildan Riapoš Slovakiya nogiron sportchilar uyushmasi raisi va 2003-yildan esa Slovakiya paralimpiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2006-yil 31-avgustda Slovakiya Prezidenti Ivan Gašparovič Ján Riapošni nogironlar sportini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun uchinchi darajali Ľudovít Štúr ordeni bilan taqdirlagan.
Jan Ryapoš Trnava universitetining sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ish fakultetida ijtimoiy fanlar boʻyicha tahsil olgan.
2014-yilgi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi oldidan Robert Fico nomzodini qoʻllab-quvvatlagan.
2018-yil 19-noyabrda St. Elizabeth College of Health and Social Work universiteti tomonidan Ján Riapošga chet elda Slovakiyaga vakillik qilgani va nogiron sportchilar bilan 25 yillik faoliyati uchun „faxriy doktor“ (falsafa doktori) unvoni berilgan.
Manbalar
Turkum:Slovakiya sportchilari Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari