Alibek Mamirjonovich Tursunov (1979-yil 1-avgust; Toshkent, OʻzSSR) – 2016–2018-yillarda Buvayda tumani hokimi, 2018–2021-yillarda Bagʻdod tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Hayoti Alibek Mamirjonovich Tursunov 1979-yilning 1-avgustida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1995–1999-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida va 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.

Faoliyati Dastlabki ish faoliyatini 1999–2001-yillarda Bagʻdod tumani shirkat xoʻjaligi agronomi sifatida; 2001–2006-yillarda Fargʻona viloyati "Gʻoʻza urugʻchiligi" birlashmasi yetakchi mutaxassisi, shu yerning bosh mutaxassisi, birlashma raisi oʻrinbosari va 2006–2011-yillarda esa birlashmasi raisi sifatida; 2011–2012-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri sifatida; 2012–2013-yillarda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2013-yilda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi sifatida; 2013–2016-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Buvayda tumani hokimi sifatida; 2018-yilda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Fargʻona viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi sifatida; 2018–2019-yillarda Bagʻdod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Bagʻdod tumani hokimi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.

2021-yildan esa Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi faoliyat yuritib kelmoqda.

Manbalar

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:1-avgustda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Buvayda tumani hokimlari Turkum:Bagʻdod tumani hokimlari