Sherzod Esanov (2003-yil 1-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, markaz yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi. Oʻzbekston U-20 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 4 marta maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning transfer narxi 250 ming yevroga baholangan.
Futbolchilik faoliyati 2023-yil 11-iyulda Andijon jamoasi Sherzodni „Olimpik“ jamoasiga ijaraga bergan. Olimpik jamoasi tarkibida 25-turda Navbahor darvozasiga gol kiritgan va tur yakuniga eng yashi futbolchi sifatida baxolangan. 2024-yil mavsum boshida Olimpik jamoasidagi ijara muddati yakunlangach „Andijon“ jamoasiga qaytgan.
Andijon klubi Rossiya Premyer-ligasining 2024/2025-yilgi mavsumi debyutanti, Tolyattining „Akron“ jamoasi Sherzdoni ikki yuz ming $ ga transfer qilishi mumkunligi maʼlum qilingan. 2024-yil 21-iyulda Andijon jamoasi Sherzodni „Akron“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qilgan.
2024-yilning 30-iyulida u Rossiya kubogi doirasidagi „Rubin“ klubiga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2024-yil 3 avgustda Sherzod Rossiya Premyer-ligasida Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Yutuqlar Klub
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2022
Terma jamoa
AFC U-20 Osiyo Kubogi gʻolibi: 2023 Osiyo oʻyinlari 2022 bronza medal sohibi: 2023
Manbalar
Havolalar
Sherzod Esanov OʻzPFL saytida
Sherzod Esanov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Chigʻatoy klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:FC Akron Tolyatti futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari