Branislav Ivanović (22-fevral, 1984-yil) – Serbiyalik sobiq professional futbolchi. Ivanović asosan oʻng qanot himoyachisi hamda markaziy himoya pozitsiyalarida toʻp surgan.

Ivanovic oʻz karyerasini tugʻulgan shahrining klubi FK Srem bilan boshlaydi. 2004-yil yanvar oyida u yuqori diviziondagi OFK Belgrad klubiga koʻchib oʻtadi. Oradan ikki yil oʻtgach esa Rossiyaga transfer qilinadi va Rossiya Premyer Ligasida Lokomotiv Moskva tarkibida toʻp suradi. 2008-yil yanvar oyida Chelsea 9 million funt sterling evaziga Ivanovicni oʻz safiga qoʻshib oladi. U ingliz klubi safida toʻqqizta katta sovrinni qoʻlga kiritadi, ular orasida uchta Premyer Liga, uchta Angliya kubogi, bitta Ligada kubogi, UEFA chempionlar ligasi va UEFA Yevropa Ligasi kuboklari bor. Jami hisobda Londonliklar safida u 377 ta oʻyin oʻtkazdi va 34 ta gol uradi, bu esa uni klub tarixida 300dan ortiq oʻyinlarda ishtirok etgan besh nafar chet ellik futbolchilardan biriga aylantiradi. Himoyachilar orasida faqat Jon Terry klub safida undan koʻra koʻproq gol ura olgan. Bundan tashqari, Ivanovic ikki marotaba PFA Yil jamoasiga kiritilgan. U 2017-yil fevral oyida Rossiyaga qaytib, Zenit tarkibiga qoʻshiladi.

Ivanović 2005-yil iyun oyida Serbiya tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazadi va umumiy hisobda 100dan ortiq oʻyinlar va 13 gol qayd etadi. U mamlakati mustaqil boʻlganidan soʻng qatnashgan ilk yirik turnirida ishtirok etishiga yordam beradi, yaʼni Serbiya bilan Janubiy Afrikadagi 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatida qatnashadi. Himoyachi 2012-yilda milliy jamoasining sardori etib tayinlandi. U 2018 FIFA Jahon chempionatiga qadar kapitan vazifasida boʻladi. U turnirda oʻyinlari sonini 105tagacha yetkazib Serbiya tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi boʻlib oladi.

Klubdagi faoliyati

Faoliyatining ilk yillari Ivanović 2002-yilda otasining ortidan FK Srem klubi bilan futbolchilik faoliyatini boshlaydi. U oʻzining professional debyutini ushbu klubda amalga oshirdi va koʻplab birinchi divizion jamoalarining eʼtiboriga tushdi.

OFK Belgrad 2003-yil dekabr oyida Ivanović OFK Belgrad tarkibiga qoʻshildi.

Belgradda toʻp surgan vaqtlari uning jamoasi kutilganidan yuqori natijalarga erishdi, hatto 2004 yilgi UEFA Intertoto kubogining yarim finalgacha yetib bordi. Serbiya yuqori diviziyasida ikki yil oʻynaganidan soʻng, Ivanovićga Yevropaning turli klublaridan qiziqishlar boshlandi.

Lokomotiv Moskva thumb|150x150px|Ivanović 2007-yilda 2006-yil yanvar oyida Ivanović Rossiya Premyer-ligasi klubi Lokomotiv Moskva bilan shartnoma imzoladi.

2006-yilgi mavsum Slavoljub Muslin qoʻl ostida toʻp surgan 22 yoshli serbiyalik dastlbaki mavsumidanoq asosiy tarkibdagi oʻrnini mustahkamlab oldi. U 28ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi boʻldi.

2007-yilgi mavsum Moskva klubidagi ikkinchi va oxirgi mavsumida Ivanović 26 ta liga oʻyinida maydonga tushdi va 3ta gol muallifi boʻldi. Lokomotivning ligada omadi yurishmagan boʻlsada oʻsha mavsum ular Rossiya kubogini qoʻlga kiritishadi.

Chelsea left|thumb|336x336px|Ivanović 2010-yilda Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda 2008-yil 15-yanvarda Premyer Liga jamoasi Chelsea klubi Ivanović transferini eʼlon qildi. Futbolchi uchun kurashda inglizlar MIlan, Ajax, Juventus, Inter kabi jamoalardan ustun keldi. Transfer qiymati 13 million yevro (9,7 million funt sterling) etib belgilandi va oʻsha vaqtdagi Rossiya futbol tarixidagi eng qimmat transfer boʻlganini eʼlon qildiurl=http://www.sovsport.ru/news/text-item/279598 |access-date=18 April 2014. Ivanović Londonliklar bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi, u yerda unga Glen Johnsondan keyin boʻsh qolgan 2-raqam berildi.

Zenit thumb|180x180px|2017-yilda Ivanović 2017-yil 1-fevral kuni Ivanović Chelsea bilan toʻqqiz yillik muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Rossiyaning Zenit jamoasiga koʻchib oʻtdi. 2017-yil 16-fevral kuni Ivanović oʻzining Zenit tarkibidagi debyutini oʻtkazgan.

Himoyachi Zenit safida jami 125ta oʻyin oʻtkazgan va 12 gol muallifiga aylangan.

West Bromwich Albion 2020-yilning 15-sentyabr sanasida Ivanović West Bromowich klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Ivanović Premyer Liga klubida jami hisobda 13ta oʻyinda maydonga tushadi, ammo klub Chempionshipga qaytib tushib ketganidan soʻng katta tanqidlar ostiga olinadi. 2021-yilning 27-may sanasida esa u oʻz shartnomasi yakunlangandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qiladi.

Terma jamoa

21 yoshgacha jamoa Ivanovićning U-21 jamoasidagi debyuti 2003-yilning 15-dekabrida Ohrid sharida boʻlib oʻtgan Makedoniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazilgan. U oʻzining debyut golini ham huddi shu jamoaga qarshi ikki kundan soʻng kechgan 7-0 hisobida yakunlangan oʻyinda kiritgan.

Jami hisobda u yoshlar jamoasida 38ta oʻyin oʻtkazgan va 4ta gol muallifiga aylangan.

Asosiy jamoa right|thumb|190x190px|Ivanović Serbiya jamoasi safida, Jahon Chempionati-2018 Ivanović asosiy jamoadagi debyutini 2005-yilning 8-iyun sanasida Toronto shahrida boʻlib oʻtgan Italiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, ushbu oʻyinda himoyachi 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi.

Ivanović Serbiya safidagi debyut golini 2007-yilning 12-sentyabr sanasida 2008-yilgi UEFA Yevropa chempionatining saralash bahsida Portugaliyaga qarshi kechgan oʻyinda kiritadi.

2010-yilgi FIFA Jahon Chempionatida ham u qaydnomaga kiritladi va toʻliq ravishda oʻyinlarda ishtirok etadi.

Himoyachi 2018-yilgi FIFA Jahon Chempionati uchun Serbiya tarkibiga kiritiladi va turnirda ishtirok etadi. U chempionat doirasida Kosta-Rika va Shvetsariyaga qarshi kechgan bahslarda maydonga tushadi. Bu orqali Ivanović terma jamoasi safida jami 105 oʻyin bilan eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi boʻlib oladi„Najviše utakmica za reprezentaciju“. .

Ivanovićning laqabi „Bane“ boʻlgan. U Nataša isimli ayolga turmushga chiqadi va hozirda toʻrt nafar farzandning otasi hisoblanadi.

U serbiyalik vatandosh tennischilari Novak Djokovic, Jelena Janković va Ana Ivanoviclarning doʻsti hisoblanadi.

Statistikasi

Klub safida Manba:„B. Ivanović“. KlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFK Srem2002–03Serbiya va Chernagoriya 2-ligasi30302003–04Serbiya va Chernagoriya 2-ligasi162162Umumiy192192OFK Belgrad2003–04Serbiya va Chernagoriya 1-ligasi1301402004–05Serbiya va Chernagoriya 1-ligasi2723532005–06Serbiya va Chernagoriya 1-ligasi153184Umumiy555677Lokomotiv Moscow2006Rossiya Premyer ligasi2823232007Rossiya Premyer ligasi263394Umumiy545717Chelsea2007–08Premyer Liga00002008–09Premyer Liga1602622009–10Premyer Liga2814112010–11Premyer Liga3444862011–12Premyer Liga2934552012–13Premyer Liga3455982013–14Premyer Liga3635032014–15Premyer Liga3844962015–16Premyer Liga3324322016–17Premyer Liga130161Umumiy2612237734Zenit Saint Petersburg2016–17Rossiya Premyer ligasi1011112017–18Rossiya Premyer ligasi2723852018–19Rossiya Premyer ligasi2814122019–20Rossiya Premyer ligasi254354Umumiy90812512West Bromwich Albion2020–21Premyer Liga130150Umumiy statistika4924267462

Terma Jamoa Manba Terma jamoaYillarOʻyinlarGollarSerbiya va Chernagoriya200510Serbiya2006202007612008822009111201010020119120121022013100201491201572201692201780201851Umumiy10513

Sovrinlar Lokomotiv Moskva

Rossiya kubogi: 2006–07

Chelsea

Premier League: 2009–10, 2014–15, 2016–17 Angliya kubogi: 2008–09, 2009–10, 2011–12 Football League Cup: 2014–15 FA Community Shield: 2009 UEFA Chempionlar ligasi: 2011–12 UEFA Yevropa ligasi: 2012–13 FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: finalchi: 2012

Zenit Saint Petersburg

Russian Premyer ligasi: 2018–19, 2019–20 Russian Cup: 2019–20

Serbiya va Chernogoriya U-21

UEFA Yevropa chempionati U-21 finalchi: 2004

Serbiya U21

UEFA Yevropa chempionati U-21 finalchi: 2007

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:OFK Beograd futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:West Bromwich Albion F.C. futbolchilari