Lina Brockdorff (1930-yilda tugʻilgan) – maltalik yozuvchi, dramaturg. Shuningdek, u turli radio eshittirishlar uchun yozuv matnlarini yozib bergan.
Hayoti Lina Brockdorff 1930-yilda Sengleada Patrick va Mary Mahoney oilasida tugʻilgan. Uning hayotidagi eng muhim oʻzgarishlar toʻqqiz yoshga toʻlganida, Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan sodir boʻlgan. Uning oilasi urush davomida Vittoriosa, Sliema, Dingli va Rabat kabi turli joylarda yashab, bir necha bor koʻchib yurishga majbur boʻlishgan.
Taʼlimi Urush boshlanishi bilan Lina Brockdorffning boshlangʻich taʼlimi toʻxtab qoladi, ammo urush tugagach, u otasining talabiga binoan maktabga qaytadi. U tibbiyot sohasida faoliyat yuritmoqchi boʻladi, lekin oilasining uni Universitetda taʼlim olish uchun yuborishga imkoni yoʻq edi va uni xabardor qilmasdan oʻqituvchilik kursiga kiritishadi. U 1991-yilda ilohiyot boʻyicha bir yillik kirish kursida, soʻngra besh yillik bakalavr kursida taʼlim olgach, magistrlik taʼlimini keyinroq davom ettirishga ahd qiladi. Oxir-oqibat Lina Brockdorff 2002-yilda 72 yoshida ilohiyot va gumanitar fanlar boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritadi.
Ish faoliyati Lina Brockdorffning oʻqituvchilik faoliyati shtatdagi boshlangʻich maktabda boshlangan, ammo u toʻrt nafar farzandini tarbiyalash uchun dars berishni toʻxtatgan. Bu vaqt ichida u oʻzining yozuvchilikka boʻlgan qiziqishiga eʼtibor qaratadi. Keyinchalik Lina Brockdorff oʻz faoliyatini Sent Aloysius kollejida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida davom ettiradi. U 2004–2005-yillarda L-Akkademja tal-Malti kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan va doimiy akademiya aʼzosi sifatida qolgan. Lina Brockdorff sakkiz yil davomida Għaqda Letterarja Maltija prezidenti lavozimida ham faoliyat olib borgan va Għaqda Poeti Maltin aʼzosi boʻlgan.
Yozuvchilik faoliyati Lina Brockdorff 17 yoshida oʻqituvchilar kollejida oʻqiyotgan vaqtida oʻz yozuvchilik faoliyatini boshlagan, u yerda olim Ġuzè Aquilina oʻz shogirdlarini radio eshittirishlar uchun qisqa hikoyalar va insholar yozishga undagan. Uning faoliyati keyingi oʻn yilliklar davomida juda samarali boʻlgan, 1950–1960-yillarda „Rediffusion“ da efirga uzatilgan bir nechta dasturlarni yozib bergan, jumladan Ħlieqa Bejnietna, Quddiem il-Mera, Nofs Siegħa Flimkien va Oshxonadagi sehr kabilar uning qalamiga mansub.
Lina Brockdorff bir nechta radio pyesalar, jumladan Il-Fqajjar tʼAssisi ni yozgan. Uning baʼzi asarlari Avstraliya radiosida ham efirga uzatilgan.
Faoliyati davomida u oltita antologiya, oʻn ikkita roman va 340 dan ortiq novella yozgan. Lina Brockdorff, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushidagi tajribasi haqida Sireni u Serenati (Sirenlar orasidagi serenadalar) nomli avtobiografik asarini yozgan. Mazkur asar 2004-yilda Malta Milliy Kitob Kengashi tomonidan Badiiy boʻlmagan adabiyot yoʻnalishining Eng yaxshi roman nominatsiyasida mukofotga sazovor boʻlgan. Bundan tashqari, bu ijod mahsuli keyinchalik seriallashtirilgan va turli radiostansiyalarda efirga uzatilgan. Lina Brockdorf Ġieħ l-Akkademja tal-Maltida Oltin medali bilan ham taqdirlangan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:Senglealik kishilar Turkum:Maltalik ayol yozuvchilar Turkum:Malta universiteti bitiruvchilari