Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri () – 1967-yilda Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida Hrachya Ghaplanyan tomonidan tashkil qilingan drama teatri. Teatr Yerevanning Kentron tumanida, Isaxakyan koʻchasi, 28-uyda joylashgan. Teatr 1967-yilda Hrachya Gaplanyan rejissiyorligidagi Vsevolod Vishnevskiyning „An Optimistic Tragedy“ () spektakli bilan ochib berilgan. Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri shu paytgacha Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Gruziya, Bolgariya, Polsha, Angliya, Ruminiya, Vengriya kabi koʻplab mamlakatlarda gastrol safarlarida boʻlgan hamda mashhur ingliz drammaturgi William Shakespeare sharafiga uyushtirilgan bir qancha festivallarda ishtirok etgan. Teatr dasturida klassik va zamonaviy turdagi koʻplab asarlar mavjud boʻlib, teatrda shu paytgacha 100 dan ortiq spektakllar qoʻyilgan. Teatrda rol ijro etgan mashhur aktyorlar orasida Mari Rouz Abusefian, Ashot Ghazaryan, Hrachya Ghazaryan, Rafael Kotanjyan, Evelina Shahiryan, Levon Sharafyan va Anaxit Topchyan kabi teatr aktyorlari bor. Bugungi kunda teatr repertuarida 20 ta spektakl mavjud.
Xodimlari Badiiy rahbari 1986-yildan buyon teatrning badiiy rahbari lavozimida Armen Khandikyan ishlab kelmoqda.
Direktorlari Shu paytgacha Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri direktori lavozimida Hrachya Harutyunyan, Grigor Khachatryan, Robert Harutyunyan, Armen Barseghyan va Jean-Pierre Nshanyanlar ishlab kelishgan.
Aktyorlari Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri truppasida Guzh Manukyan, Artur Utmazyan, Evelina Shahiryan, Robert Harutyunyan, Hrachya Harutyunyan, Gohar Igityan, Luiza Ghambaryan va boshqalar bor.
Manzili Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri Armaniston poytaxti Yerevan shahri Isahakyan koʻchasi 28-uyda joylashgan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Armaniston teatrlari