XX asr qizi (koreyscha: 20세기 소녀) - Janubiy Koreya Bang Woo-ri tomonidan yozilgan va suratga olingan romantik drama filmi. Film 1999 yilda o'rta maktabda o'qiyotgan yoshlar o'rtasidagi do'stlik va muhabbatni tasvirlaydi. U 2022-yil 21-oktabr kuni Netflix-da chiqarildi.

Syujeti 1999-yilda o'tkaziladigan hikoya Na Bo-ra (Kim Yo-jung) atrofida bo'lib o'tadi, u o'n yetti yoshli o'rta maktab o'quvchisi va yorqin shaxsiyatga ega. Bo-raning eng yaxshi do'sti Yeon-du (Roh Yoon-seo), yurak operatsiyasi uchun AQShga ketishgaga tayyorlanayotgan bo'lsa-da, u birdan uydan ketolmasliginini aytadi, chunki u o'z maktabidan bir yigitga muhabbatga tushdi, uning ismi Baek Hyun-jin (Park Jung-woo) edi. Bo-ra Baek Hyun-jinni kuzatib borishni va u haqida hamma narsani bilib olishiniva ma'lumotlarni elektron pochta orqali yuborishni va'da qiladi. Xotirjam bo'lgan Yeon-du ketadi.

Maktabda Bo-ra Hyun-jinni kuzatishni boshlaydi. Bir kuni u Hyun-jin va uning eng yaqin do'sti Poong Woon-ho (Byeon Woo-seok) maktabda radioeshittirish klubiga kirish uchun ishtirok etishini eshitadi, shuning uchun klubga qo'shilish uchun yaxshi harakat qiladi. Woon-ho klubga qo'shildi, Hyun-jin esa qo'shilmadi. Bo-ra Hyun-jinni kuzatib borish uchun Woon-hoga yaqinlashishga harakat qiladi.  

Hyun-jin Bo-ra unga qiziqishini tushunmay, uni rad etish uchun uni uchrashishga chaqiradi. Ayni paytda, Bo-ra Woon-honi sevib qolganini tushunadi, u ham unga nisbatan his-tuyg'ularini rivojlantiradi.

Yeon-du yuragining operatsiyasidan so'ng Koreyaga qaytadi, va ular Bo-ra boshqa yigitni kuzatganini va Yeon-duni sevgan haqiqiy "Baek Hyun-jin" aslida Poong Woon-ho ekanligini bilishadi. Bunga sabab uning o'z ismi yozilgan do'stining maktab kiyimini kiygan Woon-ho chalkashlikni keltirib chiqaradi. Dugonasiga sodiqligi va sog'lig'i tufayli himoyachi bo'lgan Bo-ra, o'sha Woon-honi sevishini yashiradi. Keyin Bo-ra Woon-hodan qochishni boshlaydi, shunda ularning munosabatlari tugaydi, lekin Hyun-jin orqali Yeon-du Woon-Ho va Bo-ra bir-birlarini yoqtirishini bilib oladi. Yigit Yoon-du Bo-raga ularning do'stligi uchun Woon-ho-dan voz kechishi mumkinligini va Bo-ra uning uchun eng qadrli shaxs ekanligini aytadi. Yeon-du Bo-ra unga nisbatan to'g'ri bo'lmaganidan va Woon-hoga nisbatan his-tuyg'ularini yashirganidan norozi.

Shu bilan birga, Woon-ho onasi va kichik ukasi bilan hayotni tiklash uchun Yangi Zelandiyaga qaytishga tayyorlanada. Yeon-du va Hyun-jinning yordami bilan Bo-ra ketish kuni poyezd stantsiyasida o'z his-tuyg'ularini tan olishlari uchun o'z vaqtida yetib boradi. Woon-ho Seuldagi universitetga o'qishni rejalashtirganini va ular aloqani saqlab qolishini aytadi. Woon-ho Yangi Zenlandiyaga ketgandan so'ng yil tugaguncha elektron pochta orqali gaplashib turishadi. Woon-ho hech qanday sababsiz Bo-raning elektron pochta xabarlariga javob berishni to'xtatadi. Bo-raning qalbi sinadi, g'azablanadi, uni yenga boshlaydi.

Bo-ra universitetga o'qiy boshlaydi va ancha vaqt o'tib ketadi. 2019-yilda u Woon-honing kichik ukasi bo'lgan Joseph ismli kishidan san'at ko'rgazmasiga taklifnoma oladi. Va uyerda Josephdan Woon-Ho o'sha yillarda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini bilib oladi. Joseph Bo-Raga Woon-honi eslab qolganligi uchun minnatdorchilik bildirdi va Woon-Honing qisqa hayotidagi eng baxtli paytlari u uning oldida o'tkazganini aytdi. Film tugash paytida Bo-ra Woon-ho tomonidan yaratilgan video tomosha qiladi.

Ro'llarda

Bosh ro'l

Kim Yo-jung Na Bo-ra Han Hyo-joo katta yoshdagi Na Bo-ra ro'lida

O'n yetti yashar o'rta maktab o'quvchisi, taekwondo o'quvchisi va o'zining maktabidagi radio-televideniye klubining a'zosi.

Byeon Woo-seok Poong Woon-ho rolida

Bo-Raning sinfdoshisi va radioeshittirish klubi a'zosi.

Park Jung-woo Baek Hyun-jin rolida

Woon-honing eng yaxshi do'sti, sinfdoshlari tomonidan yoqadigan mashhur odam.

Roh Yoon-seo Kim Yeon-du rolida Ham Na-yan (September 1, 2021). "김유정X변우석 '20세기 소녀', 제작확정 [공식]" [Kim Yoo-jung X Byun Woo-seok '20th Century Girl', production confirmed [Official]]. Sports Donga (in Korean). Archived from the original on April 29, 2023. Retrieved September 1, 2021 – via Naver.

Bo-Raning eng yaxshi do'sti, u Hyun-jinga nisbatan javobsiz muhabbatga ega.

Ro'llarda

Kim Sung-kyung Bo-raning onasi rolida Jeong Seok-yong Bo-raning otasi rolida Lee Cheon-moo Bo-raning kichkina ukasi Na Ba-da rolida Yoon Yi-re "Madam", Bo-ra sinfdoshi Jeon Hy-won "Darn it" sifatida, Bo-ra sinfdoshi

Maxsus ro'llar

Lee Beom-soo maktab o'qituvchisi rolida Park Hae-jun maktab shifoxonasida shifokor rolida Ryu Seung-ryong Poong Woon-honing otasi (ovozi) Gong Myung Jung Woon-ho, Bo-ra-ning ko'r tanlovi sifatida Ong Seong-wu Poong Jun-ho / Joseph, Poong Woon-honing kichik ukasi sifatida Jung Min-jun yosh Jun-ho

Ishlab chiqarish

Taraqqiyot Rejissor Bang Woo-ri ssenariyni do‘sti bilan kundalik almashish tajribasiga asoslanib yozgan. Film rejissyorning tug'ilgan shahri Cheongju shahrida sodir bo'ladi.

Filmlar Filmning suratga olish jarayoni Cheongju 2021 yil oktyabrdan 2022 yil yanvargacha, keyin Shimoliy Chungcheong viloyati bo'lib o'tdi.

Chiqish Film 27-Busan xalqaro kino festivaliga taklif etilgan va 2022 yil 6 oktabr kuni "Korean Cinema Today - Special Premiere' " bo'limida taqdim etilgan. U Netflix-da 2022 yil 21 oktabr kuni chiqarildi.

Taqdirlash +MukammasiYilKategoriyaNomzod / IshNatijaBaeksang Arts Awarts2023Eng yaxshi yangi aktyor - kinoByeon Woo-seok| Buil FilmAwards2023

Manbalar

Tashqi havolalar

XX asrdagi qizbilan HanCinema

XX asrdagi qiz Koreya kino maʼlumotlar bazasi da

Turkum:CS1 Korean-language sources (ko) Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Doʻstlik haqidagi filmlar Turkum:Netflix original filmlari Turkum:Romantik filmlar Turkum:Koreya filmlari Turkum:Dorama Turkum:K-dorama Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari