Gach Sar (, romanizatsiyalashtirish: Gach-i-Sar, Getschesar) – Eronning Alborz ustoni Karaj okrugi Asara tumani Nesa qishloq okrugiga qarashli qishloq. 2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, hududda 35 oila 133 nafar kishi istiqomat qiladi. Qishloq Tehrondan Chalusga boradigan asosiy yoʻlda, Kaspiy sohilida, Kandavan tunnelidan 7 km janubda joylashgan boʻlib, yerlari Karaj daryosi suvlari bilan sugʻoriladi. Qishloqda turli xil mevali daraxtlar, shuningdek, chorva uchun yem-xashak oʻsimliklari oʻstiriladi.
Gach Sar qishlogʻida gips koni, Rizoshoh Pahlaviy davrida qirollik uyi sifatida qurilgan mehmonxona bor. Qojarlar sulolasi davridagi monarx Nosiriddinshoh ushbu saroyda ikki marta dam olganNehzad, Minu Yusof. „GAČSAR)“. Encyclopaedia Iranica. Retrieved 25 May 2020..
Yovvoyi tabiati Hududda oʻsuvchi mahalliy oʻsimliklar orasida marjoram, yovvoyi hayvonlardan esa shoqol, boʻri, tulki, toʻngʻiz, Ayiqlarayiqlarni uchratish mumkinNehzad, Minu Yusof. „GAČSAR)“. Encyclopaedia Iranica. Retrieved 25 May 2020..
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Karaj shahristoni aholi punktlari
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari