Rosatom (), Rosatom yadro energiyasi davlat korportasiyasi, Davlat atom energiya korporatsiyasi Rosatom yoki Rosatom davlat korporatsiyasi, bosh ofisi Moskvada joylashgan Rossiya davlat korporatsiyasi boʻlib, u atom energetikasi, yadroviy energetik boʻlmagan tovarlar va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2007-yilda tashkil etilgan va 350 dan ortiq korxonalarni, shu jumladan, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, yadro qurollari majmuasi va dunyodagi yagona yadroviy muzyorar flotini oʻz ichiga oladi.
Tashkilot Rossiyaning eng yirik elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlib, 215,746 TVt / soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi, bu mamlakatning umumiy elektr energiyasining 20,28% ni tashkil qiladi. Korporatsiya xorijda atom elektr stansiyasi qurish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi, global yadro texnologiyalari eksporti boʻyicha 76% ulushga egalik qiladi. 2020-yil dekabr holatiga koʻra, 12 mamlakatdagi turli xil qurilish bosqichidagi 35 ta AESni Rosatom quryapti. Kompaniya asbob-uskunalar, yadroviy tibbiyot uchun izotoplar ham ishlab chiqaradi, tadqiqotlar olib boradi va moddiy izlanishlar olib boradi. U, shuningdek, superkompyuterlar va dasturiy taʼminot hamda turli yadroviy va yadroviy boʻlmagan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Rosatom qayta tiklanadigan energiya va shamol energetikasini yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Rossiyada Kursk-2 AESda ikkita atom elektr stansiyasi qurilmoqda, Kola AESda yana 2 ta agregat qurish rejalari eʼlon qilindi. Rosatom jahon bozorida 38% ulushga ega va 2019-yilda uranni boyitish boʻyicha global xizmatlar (36%) boʻyicha yetakchilik qiladi va global yadro yoqilgʻisi bozorining 16% ni qoplaydi.
Davlat korporatsiyasi davlat nomidan Rossiyaning atom energiyasidan foydalanish va yadroviy materiallarni tarqatmaslik sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish vakolatiga ega. Rosatom ITER va FAIR kabi yirik loyihalarda ham ishtirok etadi.
2021-yil fevral holatiga koʻra, Rosatomning umumiy portfel buyurtmalari 250 milliard dollarga yetdiref></ref>. 2020-yilgi korporativ hisobotga koʻra, uning 10 yillik xorijiy buyurtma portfeli 138,3 milliard dollarni tashkil etdi, daromadi esa 7,5 milliard dollarga yetdi. Yangi mahsulotlar uchun 10 yillik buyurtmalar portfeli ₽1602,1 mlrd, daromadi esa ₽261,1 mlrdni tashkil etdi.
Tarixi Tashkil etilishi Turli vazifalarni bajargan bir qancha sovet va rus hukumat idoralari Rosatomning oʻmishdoshlari sanaladi. 1953-yil 26-iyunda Ministrlar Soveti Yadro quroli dasturi boʻyicha birinchi bosh boshqarmani Oʻrta mashinasozlik vazirligiga (MinSredMash) aylantirdi. Vazirlikka fuqarolik yadro energetikasi dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1989-yilda Minsredmash va Atom energetika vazirligi birlashib, SSSR Yadro muhandisligi va sanoat vazirligini tashkil qildiРосатом // РБК Инновации.Отечественный локомотив экономического прогресса // Деловая газета. — Декабрь 2010. — С. 66—67..
Rossiya Federatsiyasi Atom energiyasi vazirligi ( yoki qisqacha Minatom) 1992-yil 29-yanvarda, Sovet ittifoqi parchalanganidan keyin SSSR Yadro muhandisligi va sanoat vazirligining Rossiya qismlari vorisi sifatida tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan vazirlik ittifoq boʻlimiga qarashli boʻlgan korxonalarning 80% ini, shu jumladan, 28 ta blokdan iborat 9 ta AESni oʻzida birlashtirdi. Bu nom ostida vazirlik 2004-yil 9-martgacha mavjud boʻlib, oʻshanda Atom energiyasi boʻyicha Federal agentlikka aylantirildi.
2007-yil 1-dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengash tomonidan qabul qilingan qonunni imzoladi, unga koʻra, Atom energiyasi boʻyicha Federal agentlik tugatilib, uning vakolatlari va aktivlari yangidan tashkil etilgan „Davlat atom energiya korporatsiyasi Rosatomga“ oʻtkazildi. Oʻsha yilning 12-dekabrida agentlik davlat korporatsiyasiga aylanyirildi. 2015-yilda kompaniyaning daromadi 126 milliard rublni tashkil qildi.
Xalqaro bozorlardagi ishtiroki 2000—2015-yillarda Rosatom „atom elektr stansiyasi qurilishi, reaktori va yoqilgʻi bilan taʼminlash, foydalanishdan chiqarish va chiqindilarga oid barcha xalqaro shartnomalarning qariyb yarmida yetkazib beruvchi boʻlgan.“ Rossiya yadroviy energetika diplomatiyasi orqali turli mamlakatlar bilan turli diplomatik aloqalarga ega. 2023-yil holatiga koʻra 54 davlat bilan rasmiylashtirilgan kelishuvning qandaydir shakli mavjud boʻlsa-da, Rossiya tomonidan qurilgan atom elektr stansiyalari boʻyicha baʼzi rejalar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin bekor qilingan.
Shamol energiyasiga sarmoyalar 2017-yilda Rosatom qayta tiklanadigan sanoatda tannarxning tez pasayishi yadro energetikasi uchun raqobatbardosh tahdidga aylanishiga ishonib, shamol energetikasiga sarmoya kiritishga qaror qildi va shamol turbinasi qurishni boshladi. Rosatom yadro eksporti imkoniyatlari tugab borayotganidan ham xavotirda edi. Oktyabrda Rosatom Rossiyada yangi atom stansiyalarini ishga tushirishni kechiktirish masalasini koʻrib chiqayotgani va yangi yadroviy elektr narxi mavjud stansiyanikidan yuqori ekanligi haqida xabar bergan edi. Rossiya hukumati „Dogovor Postavki Moshnosti“ (DPM) deb nomlangan qoʻllab-quvvatlash shartnomalari boʻyicha yangi yadroviy energiyani qoʻllab-quvvatlashni qisqartirishni koʻrib chiqmoqda, bu esa ishlab chiquvchilarga 20 yil davomida isteʼmolchilardan toʻlovlarni oshirish orqali investitsiyalarni qaytarishni kafolatlaydi.
2017-yilgi ruteniy shlyuzidagi tortishuvlar Uran-235 boʻlinishining qoʻshimcha mahsuloti boʻlgan ruteniy yadroviy monitoring obyektlari tomonidan yadroviy avariya koʻrsatkichi sifatida foydalaniladi. 2017-yil oktyabrda butun Yevropa boʻylab koʻplab laboratoriyalar tomonidan ruteniy-106 shleyfini aniqladi. Rosatom oʻzining yadroviy obyektlarida suv oqishi yoki avariya sodir boʻlganini rad etdi va shleyfga yoʻldosh qayta kirishi bilan yonib ketganligi sabab boʻlgan, deb taxmin qildi. 2019-yilgi tadqiqot yoʻldosh gipotezasini rad etdi. Bir nechta kuzatuv obyektlaridan olingan havo namunasi maʼlumotlarini tahlil qilib, olimlar plyajning eng koʻp ehtimolli sababi ruteniyni seriy-144 ga qayta ishlashga urinish paytida yongʻin yoki portlash ekanligini aniqladilar. Rosatom oqish yoki portlash borligini inkor etishda davom etmoqda.
Boshqa voqealar (2017–2020) 2017-yil 28-iyunda Financial Times Rosatomni „Kreml nazoratidagi kompaniya“ sifatidagi roli orqali ekspansionistik kun tartibiga nisbatan shaffoflik yoʻqligida tanqid qildi. 2018-yil 20-martda bu tanqidni Bellona jamgʻarmasi taʼkidlab oʻtdi va u Rosatomning Sudandagi faoliyati haqidagi maʼlumotlar kamligiga eʼtibor qaratdi.
2020-yil 20-avgustda Rosatom Rossiya yadro sanoatining 75 yilligini nishonladi. Bayram doirasida Rosatom oʻzining „Birlashgan Rosatom“ rebrending kampaniyasini boshladi, buning natijasida yadro sanoatidagi shoʻba korxonalar Rosatomning Möbius logotipidan foydalanishga majbur qildi. 2020-yilda Rosatom oʻz daromadini 2030-yilga kelib ₽4 trlnga yetkazishni maqsad qilib qoʻydi, uning 40% biznesning yangi yoʻnalishlaridan, birinchi navbatda, barqaror texnologiyalarga eʼtibor qaratiladi. 2020-yilda Rosatom 100 ta yangi biznes sohalariga, jumladan, yadroviy tibbiyot, kompozitlar, shamol energiyasi, vodorod, chiqindilarni boshqarishga yoʻnaltirilgan yangilangan strategiyani tasdiqladi.
2022-yilgi Ukrainaga bosqin 2022-yilgi Rossiya bosqinidan keyin Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar Rosatom va uning shoʻba korxonalariga sanksiyalar joriy qildi. 2023-yil 24-fevralda Birlashgan Qirollikning Tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot idorasi Rosatom va uning rahbarlariga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri sanksiyalar kiritdi. AQSh Gʻaznachilik boshqarmasi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti Rossiyaning uglerod tolasi yetkazib beruvchilariga qarshi kurash doirasida 14024-sonli Ijroiya qaroriga muvofiq, Rosatomning Rossiya va Chexiyadagi uglerod tolasi ishlab chiqaruvchi UMATEX shoʻba kompaniyalari guruhini sanksiyaga qoʻshdi. Demokratiyalar mudofaa jamgʻarmasi AQShda Rosatomga butunlay taqiq qoʻyishni tavsiya qiladi. Unda aytilishicha, Rosatom tomonidan AQSh va Yevropa manbalaridan olingan jami daromad 2023-moliya yilida taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan va bu qabul qilinishi mumkin emas. Yevropa Ittifoqi qitʼada egallab turgan nufuzi tufayli Rosatomni sanksiyalashga jur’at eta olmaydi, garchi Yevroparlament 2023-yilning 2-fevralidayoq sanksiyalar qoʻllashga chaqirgan edi.
2022-yil 24-fevralda Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Chernobil AESni egallab olgandan soʻng keyingi ikki kun ichida Rosatom xodimlari stansiyaga ruxsatsiz kirishga muvaffaq boʻlishdi, ukrainalik xodimlarga tahdid qilishdi va stansiyadan qoʻllanmalar, tartiblar va boshqa hujjatlarni talab qilishdi.
2022-yil 12-martdan beri Rossiya qurolli kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olganidan beri, Rosatom xodimlari stansiya egasi Energoatom ruxsatisiz u yerga kirishga va baza oʻrnatishga kirishdi. Rosatom muhandislari zavod faoliyati boʻyicha hujjatlar va qoʻllanmalarni talab qilishdi. Rosatom vakilining taʼkidlashicha, uning xodimlari AESda zavod xavfsizligini taʼminlash uchun hozir boʻlib, uni boshqarish yoki xavfsizlik bilan shugʻullanmaydi.
2022-yil 29-sentyabr kuni Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikka Ukraina elchisi Rosatom Ukrainadan Rossiyaga egalik huquqini oʻzgartirishni amalga oshirish uchun Zaparojye AESga qoʻshimcha amaldorlarni yuborgani va zavod xodimlariga Rosatom bilan ishlash uchun ariza topshirish uchun ikki hafta muhlat berishini aytdi. Gʻarb OAV Bloombergga koʻra, Zaparojye AESga egalik qilishiga ruxsat berish tarixdagi eng katta yadroviy oʻgʻirlikni anglatadi.
2023-yil iyul oyida yozilgan inshoda Rosatom 15 mamlakatdagi 78 ta energetik reaktorni yonilgʻi bilan taʼminlagani va global yadro yoqilgʻisi bozorining uchdan biridan koʻprogʻiga ega ekanligi yozilgan edi. Cameco, Orano va ConverDyn raqobatchilar sifatida qayd etilgan.
Korporativ boshqaruvi Kuzatuv kengashi
Rosatomning eng yuqori ijroiya organi Kuzatuv kengashi boʻlib, u toʻqqiz kishidan, xususan Raisdan iborat. Kengashga 2005-yildan beri Sergey Kiriyenko raislik qiladi. Kengashning boshqa aʼzolari quyida keltirilgan: Igor Borovkov – Harbiy-sanoat komissiyasi apparati rahbari Larisa Brichyova- Rossiya prezidenti yordamchisi Aleksey Lixachev – Rosatom bosh direktori Andrey Klepach – Iqtisodiy taraqqiyot vaziri oʻrinbosari Sergey Korolev – Federal xavfsizlik xizmatining iqtisodiy xavfsizlik boʻyicha direktori Aleksander Novak – Rossiya Energetika vaziri Yuriy P. Trutnev – Rossiya prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi vakili Yuriy V. Ushakov – Rossiya prezidenti yordamchisi
Boshqaruvi Rosatomning strategiyalari, siyosati va maqsadlari oʻn toʻrt kishi, xususan Bosh direktordan iborat Boshqaruv tomonidan belgilanadi. Boshqaruvga 2016-yildan beri Bosh direktor Aleksey Lixachev rahbarlik qiladi. Aleksey Lixachev – Rosatom bosh direktori Ivan Kamenskix – Bosh direktorning yadro qurollari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Kirill Komarov – Bosh direktorning korporativ rivojlanish va xalqaro biznes boʻyicha birinchi oʻrinbosari Aleksandr Lokshin – Bosh direktorning operatsiyalarni boshqarish boʻyicha birinchi oʻrinbosari Nikolay Solomon – Bosh direktorning korporativ vazifalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari va moliya direktori Konstantin Denisov – Bosh direktorning xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari Sergey Novikov – Davlat kotibi – Bosh direktorning davlat vakolatlari va budjet ijrosi boʻyicha oʻrinbosari Nikolay Spasskiy – Bosh direktorning xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Oleg Kryukov – Radioaktiv chiqindilar, ishlatilgan yadro yoqilgʻisi va yadroviy foydalanishdan chiqarish boʻyicha davlat siyosati direktori Andrey Nikipelov – Atomenergomash bosh direktori Sergey Obozov – Rosatom ishlab chiqarish tizimi direktori, Rosenergoatom direktorlar kengashi aʼzosi Yuriy Olenin – Bosh direktorning innovatsiyalarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosari Andrey Petrov – Rosenergoatom bosh direktori