Gerze - Turkiyaning Qoradengiz mintaqasida joylashgan Sinop viloyatidagi shaharcha. Gerze tumanining markaziİlçe Belediyesi , Turkey Civil Administration Departments Inventory. Retrieved 22 May 2023.. Aholisi 2022-yil hisobotiga koʻra 19144 kishini tashkil qiladi. Shahar Sinopdan 49 km sharqda va Samsundan 140 km gʻarbda joylashgan. Shaharchaga ioniyaliklar tomonidan asos solingan. Antik davrda Carusa nomi bilan tanilgan. 2012-yilda mintaqada koʻmir elektr stansiyasini qurish taklifi bildirilgan. Ammo taklif nooʻrin boʻlganligi sababli hukumat tomonidan qaytarib olingan.

Mintaqasi Shahardan 15 km uzoqda Çeçe Sultan maqbarasi joylashgan. Maqbaraning qurilgan sanasi nomaʼlum. Mintaqa anʼanaviy mahalliy meʼmorchiligi bilan ajralib turadi. Shaharning Değirmenler va İdemli hududlari va Gazhane koʻrfazi mashhur ekskursiya joylari hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Turkiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Turkiyadagi baliqchilik jamoalari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiya shaharchalari

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari