Emo soʻzining boshqa maʼnolari uchun Emo (maʼnolar) maqolasiga qarang. Emo ( soʻzidan qisqartma) — hardcore musiqasining alohida turi. Bunda vokalchining ovozi larzaga keltiruvchi kuchli emosiyalarda asoslanadi, musiqa esa melodik, ayrim paytlarda xaotik boʻladi. Chinqiriq, yigʻi, ingrashlar, baqiriqqa oʻtib ketuvchi pichirlash — bu uslubning boshqalardan farq qiluvchi hususiyatlaridir. Qoʻshiq matnlari shaxsiy harakterga ega — ular muallif kechinmalari, baʼzida esa siyosat haqidadir.
Emo muhlislari submadaniyatining nomi emo kidlardir.
Yana qarang
Screamo Straight edge Emo rap Hardcore Punk rock