Thrash-metal (Tresh metal, to thrash («yanchmoq») feʼlidan olingan) — musiqiy yo'nalish, heavy-metalning ostjanri. Klassik heavy-metaldan farqi kuylashdagi tezligi va ritmlarning qattiqligi. Thrash-metalning vatani Kaliforniya hisoblanadi. 80-yillarda NWOBHMning muvaffaqiyatidan ilhomlangan musiqachilar heavy-metalga yanada kuchliroq tezlik, biroz hardcore va punk rockning atmosferasini qo'shadilar. Thrash metalga yaqin qarindosh janr bu speed-metal. Boshida bu ikki janrni ajratish deyarli mumkin emas edi. Hozir esa speed metal rivojlanib melodik power-metalga aylandi.

Mashhur thrash-metal albomlari Dark Angel — Darkness Descends (1986) Metallica — Ride the Lightning (1984) Metallica — Master of Puppets (1986) Megadeth — Peace Sells... But Who's Buying? (1986) Megadeth — Rust in Peace (1990) Slayer — Reign in Blood (1986) Kreator — Pleasure to kill (1986) Kreator — Extreme Aggressions (1989) Sepultura — Arise (1991) Exodus — Bonded By Blood (1985) Testament — Practice What You Preach (1989) Overkill — Taking Over (1987)

Turkum:Heavy metal Turkum:Thrash metal