Léon: The Professional (AQShdan tashqarida Leon deb nomlangan) — 1994-yilda chiqqan ingliz tilidagi fransuz jangovar-triller janridagi film. Film yozuvchi va rejissyor Lyuk Besson tomonidan suratga olingan. Unda bosh rollarni Jan Reno va Gari Oldman ijro etgan, shuningdek, filmda Natali Portmanning debyut roli mavjud. Syujet Léon (Reno) atrofida aylanadi, u professional yollanma qotil bo'lib, o'n ikki yoshli Matilda Lando (Portman)ni o'z qarmog'iga oladi, uning oilasi Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi agenti Norman Stansfield (Oldman) tomonidan o'ldirilgan. Léon va Matilda o'rtasida noodatiy munosabatlar rivojlanadi, u Léonning shogirdiga aylanadi va yollanma qotillik san'atini o'rganadi. Film Fransiyada „Gaumont Film“ kompaniyasi tomonidan 1994-yil 14-sentyabrda namoyish etildi va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi.
Syujeti Léon italyan-amerikalik yollanma qotil (yoki o'zi aytganidek „tozalovchi“) bo'lib, Nyu-York shahrining , Manhattan kichik Italiya mahallasida „Qariya Toni“ ismli Amerika mafiyasi boshlig'i uchun ishlaydi. Bir kuni, Léon o'n ikki yoshli, oilasi notinch bo'lgan Mathilda Lando bilan tanishadi. Matilda Léon bilan bir xil qavatda yashaydi va yomon xulqli qizlar uchun mo'ljallangan maktabni tashlab ketgan.
Matildaning zo'ravon otasi Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi agentlarining g'azabini qo'zg'atadi. Ular Matildaning otasiga kokainni yashirishi uchun to'laydilar. U kokainni o'g'irlaganini bilib qolishgach, Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi agentlari, ularning rahbari, narkoman Norman Stansfield boshchiligida kvartiraga bostirib kiradi. Giyohvand moddalarni qidirish davomida Stansfield Matildaning barcha oila a'zolarini o'ldiradi. Bu paytda Matilda do'kondan oziq-ovqat olib kelayotgan edi. U nima bo'lganini tezda tushunib, Léonning kvartirasiga boradi va Léon unga boshpana beradi.
Matilda tezda Léonning yollanma qotil ekanligini bilib oladi. U Léondan bu kasbni o'rgatishini va qotillik san'atini o'rganishni xohlayotganini aytadi, chunki u to'rt yoshli ukasining o'limidan qasos olishni xohlaydi. Dastlab, Léon Matildaning yonida bo'lishidan noqulay bo'ladi va hatto uni uxlayotgan paytda o'ldirishni o'ylaydi, lekin keyinchalik unga turli qurollardan foydalanishni ko'rsatadi. Evaziga, Matilda Léonning ishlari bilan shug'ullanadi, uning kvartirasini tozalaydi va unga o'qishni o'rgatadi. Matilda Léonga qoyil qoladi va tezda unga ko'ngil qo'yadi, tez-tez unga sevishini aytadi, ammo Léon unga javob qaytarmaydi.
Léon vazifada bo'lganida, Matilda Léonning qurol-aslahasidan sumkaga qurollarni solib, Stansfieldni o'ldirishga qaror qiladi. U o'zini kuryer qiz qilib ko'rsatib, Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi idorasiga kirib oladi va hojatxonada Stansfield tomonidan ushlab olinadi. Uning bir hamkori Stansfieldga Léonning Xitoy kvartalida tongda Giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasining agenti Malkyni o'ldirganini aytadi. Léon, Matildaning rejasini uning yozgan xatidan bilib, uni qutqaradi va bu jarayonda Stansfieldning yana ikki odamini o'ldiradi. G'azablangan Stansfield Tonini topadi va Léonning qayerda ekanini qiynoqqa solib bilishga harakat qiladi.
Léon Matildaga qanday qilib yollanma qotilga aylanganini aytib beradi. Léon Italiyada o'n to'qqiz yoshida boy oiladan kelgan bir qizni sevib qoladi, lekin Léonning oilasi kambag'al edi. Ular qochishni rejalashtirishgan, ammo qizning otasi ularni topib qizini g'azabdan o'ldiradi. Léon qasos uchun otani o'ldiradi va Nyu-Yorkka qochadi, u yerda Toni bilan uchrashadi va qotillik san'atini o'rganadi.
Keyinroq, Matilda oziq-ovqat olib qaytayotganda, Stansfield yuborgan Nyu-York shahar politsiyasi favqulodda xizmatlar guruhi (NYPD ESU) guruhi uni qo'lga oladi va Léonning kvartirasiga bostirib kiradi. Léon ESU guruhini pistirmaga olib, Matildani qutqaradi. Léon Mathilda uchun havo yo'lida teshik ochib, uni tezda qochishiga yordam beradi. U Mathildaga uni sevishini aytadi va Toni yoniga bir soatdan keyin kelishini iltimos qiladi, bu vaqtda ESU guruhi kvartirani portlatadi. Portlash paytida Léon yaralangan holda ESU zobiti ko'rinishida binodan chiqib ketadi. Uni hech kim sezmaydi, faqat Stansfield uni payqaydi va Léonni orqasidan otib o'ldiradi. Léon o'limidan oldin qo'liga granata halqasini tutqazib, bu Matildadan sovg'a ekanligini aytadi. Stansfield Léonning yelkasini ochib, bir necha granatani ko'radi va ular portlaydi, Stansfieldni o'ldiradi (Léon allaqachon o'lgan, portlash ikkalasini ham o'ldiradi deyish noto'g'ri).
Matilda Tonining yoniga boradi va uni ishga olishini so'raydi, lekin Toni o'n ikki yoshli qizni yollashdan bosh tortadi va Léon unga biror narsa bo'lsa, pulini Matildaga berishini aytganini eslatadi. Toni Matildaga 100 dollar beradi va uni yana maktabga qaytaradi. Maktab direktori Matilda bilan sodir bo'lgan voqealarni bilib, uni maktabga qabul qiladi. Matilda maktab yonidagi dalaga Léonning uy o'simligini ekish uchun boradi, chunki u Léonga bu o'simlikka „ildiz berish“ kerakligini aytgan edi, ko'proq ildiz yoyishi uchun u tuvakda emas bog'da o'sishi kerak edi.
Rollarda
Ishlab chiqarish
Léon: The Professional qisman Bessonning 1990-yilda ishlangan La Femme Nikita (ba'zi mamlakatlarda Nikita) filmning g'oyaviy kengaytirilgan shaklidir. La Femme Nikita filmida Jean Reno Viktor ismli Léonga o'xshash personajni ijro etgan. Besson Léon haqida shunday deydi: „Endi ehtimol, Jean Viktorning amerikalik amakivachchasini o'ynayapti. Bu safar ko'proq insoniyroq ko'rinishda“Luc Besson. Léon: The Professional Uncut International Version DVD", ichki muqova..
Filmning ko'p qismi Fransiyada suratga olingan bo'lsa, qolgan sahnalari Nyu-York shahrida suratga olingan. Maktabdagi so'nggi sahna Hoboken (New Jersey)dagi Stevens texnologiyalar institutida suratga olingan.
Musiqasi Film uchun musiqalar 1994-yil oktyabr oyida TriStar Music tomonidan chiqarilgan. U Yaponiyadagi tijorat jihatidan eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri bo'lib, 1999-yil dekabr oyida musiqalari 100000 nusxada sotilgani uchun oltin sertifikat bilan taqdirlangan.
Stingning „Shape of My Heart“ musiqasi Éric Serraning „The Experience of Love“ musiqasi Björkning „Venus as a Boy“ musiqasi It's Always Fair Weatherdan „I like Myself“ musiqasi
Namoyish etilishi Léon: The Professional 1994-yil 14-sentabrda Fransiyada namoyish etilgan. Film tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli bo'lib, dunyo bo'ylab 18,662,979 ta chipta sotilgan. Fransiyada birinchi haftasida 26,8 million fransuz franki ($5,1 million) daromad keltirgan va uch hafta davomida 1994-yilda Fransiyada eng ko'p daromad qilgan filmlar ro'yxatining birinchi o'rnida bo'lgan Fransiyada jami 3,623,153 ta chipta sotilgan..
Filmning tomoshabinlar tomonidan kutib olinishi Tanqidiy fikrlar Rotten Tomatoes saytida film 66 ta sharh asosida 74% ijobiy reytingga ega, oʻrtacha reyting esa 6.9/10 koʻrsatkichini tashkil etadi. Sayt tanqidchilarining yakdil fikriga koʻra: "Tajribali qotil va uning 12 yoshli shogirdining noodatiy munosabatlariga asoslangan – yosh Natalie Portmanning yulduzlik roli – Luc Bessonning „Léon“ filmi uslubiy va oʻzgacha taʼsirli triller hisoblanadi". Flixster. 13 oktyabr 2022 da qayta olingan. Metacriticda film 12 ta tanqidchi fikridan 100 balldan 64 ball oldi, bu umuman olganda „ijobiy sharhlar“ ekanligini bildiradi. 21-avgust 2014 da qayta olingan.
Empire film jurnalida jurnalining Mark Salisbury filmni beshta yulduz bilan mukofotladi. U shunday dedi: „Har bir kadrda uslub, hazil va oʻziga ishongan film, va faqat Besson keltira oladigan Nyu-York haqida yangi va boshqacha nuqtai nazarni koʻrsa boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, ajoyib“. AllMoviedagi Mark Deming filmga besh yulduzdan toʻrtta yulduz berdi va uni „qanchalik zoʻravon boʻlsa, shunchalik uslubiy jihatdan jozibali“ deb taʼriflab, Jean Renoning kuchli ijrosi, Natalie Portmanning hayratlanarli debyuti va Gary Oldmanning haddan tashqari zoʻr ijrosini taʼkidlab oʻtdi.
Time jurnalidan Richard Schickel filmni maqtab, „Bu film bir necha tanish, lekin farqli elementlarni aralashtirgan, noodatiy va eʼtiborni tortadigan narsa yaratgan film“ deb yozgan. U Oldmanning ijrosini „ilohiy psixopat“ deb taʼriflagan .The Washington Postdan Hal Hinson ham Oldmanning ijrosini maqtadi va shunday dedi: ."Reno kamtarona oʻynaydi, Oldman esa oʻz ijrosini ekran boʻylab sochib yuboradi. Oldman oʻz avlodining hech qanday cheklovlarsiz aktyoridir va bu jinni detektiv rolida u hech narsani zaxiraga saqlamaydi. Kamera unga yaqinlashganda, siz orqaga chekinishni xohlagandek boʻlasiz".
Roger Ebert filmga toʻrtta yulduzdan ikki yarim yulduz berdi va shunday yozdi: „Film yaxshi rejissyorlik qilingan, chunki Besson dramatik voqealarga kuchli vizual uslub bilan shoʻngʻish qobiliyatiga ega. Va film yaxshi oʻynalgan.“ Shunga qaramay, u butunlay maqtamadi: „Men doim fikrimning orqasida 12 yoshli qizni bu voqealarga qoʻshish notoʻgʻri degan noxush oʻy boʻlgan. … Aslida bu silliq shahar trillerdir, qizning yoshini ekspluatatsiya qilishadi, lekin bu masala bilan toʻliq shugʻullanilmaydi“.
The New York Timesdan Janet Maslin „The Professional juda hissiy film boʻlib, u hech qanday axloqsizlik tuygʻusini uygʻotmaydi. Hatto gʻayrioddiy zoʻravonlik sahnalarida ham, film xuddi yigʻlab yuboradigandek boʻladi … Gary Oldman filmning sadizmini va koʻpchilik notoʻgʻri yoʻnaltirilgan sheʼriy his-tuygʻularini aks ettiradi“, deb yozgan..
Ziddiyatlar Film „#MeToo“ harakati (fransuzcha: „BalanceTonPorc“ yoki „o'z cho'chqaingizni oshkor qiling“) natijasida tanqidiy qayta ko'rib chiqildi, chunki 2018-yilda jinsiy zo'ravonlikka oid ayblovlar Luc Bessonga qarshi qo'yilgan. Maïwenn, Luc Bessonning film vaqtida o'n olti yoshli xotini, filmdagi hikoya ularning munosabatidan ilhomlanganligini aytdi. U „Luc Besson Léon filmida 13 yoshli qizning kattalar bilan sevgi hikoyasi, bizni juda ilhomlantirgan edi“ deb ta'kidladi; Besson Maïwennni 12 yoshida uchratgan Besson 29 yoshda edi, 15 yoshida, bu mamlakatda qonuniy kelishuv yoshi, bilan rasman uchrashishga kirishdi. Besson 33 yoshida Maïwennni 16 yoshida homilador bo'lganida turmushga chiqdi. Ayblovlar vaqtida Natalie Portman filmdagi „murakkab his-tuyg'ulari“ haqida gapiradi va u o'zini bolaligidagi Lolitaga o'xshab jinsiy obyekt sifatida ko'ringanini aytdi.
Yil oxiridagi ro'yxatlar Eslatma;– Betsy Pickle, Knoxville News-Sentinel.
Merosi 2013-yilda nashr etilgan „Poseur: A Memoir of Downtown New York City in the 90's“ kitobida Marc Spitz filmni „kult klassik“ deb ta’riflagan. 2014-yilda „Time Out“ jurnalining bir qator kino tanqidchilari, rejissyorlar, aktyorlar va kaskadyorlardan o'zlarining eng yaxshi harakatli filmlarini ro'yxatga olishni so'ragan; Léon: The Professional 42-o'rinda keltirilgan. Norman Stansfield qahramoni esa kino tarixidagi eng yomon qahramonlardan biri sifatida tanilgan.
Angliyaning Alt-J guruhi filmga bag'ishlangan „Matilda“ nomli qo'shiq chiqardi. Qo'shiqning birinchi qatori, „Bu Matildadan“ ya'ni Léonning so'nggi so'zlariga ishora bor, u granatalari portlashidan oldin shu so'zni ayatadi.
Janubiy Koreyalik komik Park Myeong-su va qo'shiqchi IU 2015-yilda Janubiy Koreyaning mashhur „Infinite Challenge“ ko'rsatuvi uchun bir yillik musiqa festivalida film ilhomlantirgan „Leon“ nomli qo'shiqni chiqardi va ijro etdi.
2022-yilda Angliyalik repper Knucks Léon: The Professional nomli qo'shiqni „Alpha Place“ albomi nomi ostida chiqardi.
Sequal
Besson „Matilda“ filmi uchun ssenariy yozdi, ammo Portman katta bo'lguncha suratga olish ishlari kechiktirildi. Ssenariyda Matilda „kattaroq“ va „yetukroq“ tarzda tasvirlangan va „tozalovchi“ sifatida ishlagan. Ammo shu vaqt ichida Besson „Gaumont Film“ kompaniyasini tark etib, o'zining kinostudiyasi - EuropaCorp ni tashkil etdi. „Gaumont Film Company“ Bessonning ketishidan norozi bo‘lib, „Sequal“ huquqlarini o‘zida qattiq saqlab qoldi va ularni berishni istamadi.