Olga Albizu Rosaly (1924-yil 31-may – 2005-yil 30-iyul) – Puerto-Rikoning Ponce shahrida tugʻilgan abstrakt ekspressionist rassom. Albizu Rosaly Puerto-Rikoda abstraktsiya yoʻnalishida ijod qilgan birinchi ayol ediFay Fowlie de Flores. Ponce, Perla del Sur: Una Bibliográfica Anotada. Second Edition. 1997. Ponce, Puerto Rico: Universidad de Puerto Rico en Ponce. p. 56. Item 286. .
Hayoti Olga Albizu Rosaly badavlat oilada tugʻilgan va Puerto-Rikoda oʻsgan. Puerto-Rikoda 1943-yildan 1947-yilgacha ispan rassomi Esteban Visente bilan rasm chizishni oʻrgangan. 1946-yilda Puerto-Riko universitetida bakalavr darajasini olgan. 1948-yilda u Nyu-York shahriga koʻchib oʻtadi va sanʼat talabalari ligasida aspirantura bosqichida tahsil ola boshlaydi. U yerda Morris Kantor, Karl Holti va Vatslav Vitlatsil qoʻl ostida tahsil oldi. U Hans Hofman bilan ham oʻqigan va keyinchalik uning shogirdi boʻlgan. Shundan soʻng u Yevropada Parijdagi Grande Chaumière akademiyasida va Florensiyadagi Belle Arti akademiyasida qoʻshimcha tahsil oldi. Keyinchalik, u Vincent van Gogh|Van Gog va Paul Cézanne kabi rassomlar oʻzidan oldin qilganidek, Provansda bir yil rasm chizdi. 1953-yilda u Nyu-Yorkka qaytib keldi.
1957-yilda Albizu zamonaviy Puerto-Riko rassomlarining birinchi keng qamrovli koʻrgazmasida qatnashdi. Albizuning rasmlari 1966-yil 16-iyun kuni Panamerika Ittifoqi koʻrgazmasida namoyish etilgan. Albizu sur’atlari Puerto-Riko, Isroil va AQShda keng koʻlamda namoyish etilgan.
Ijodi Uning asarlari turli albomlarning muqovalarida, jumladan Stan Getzning bir qator albomlarida ishlatilgan. Alibizuning ishlari 2013-yilda Smitson Amerika sanʼat muzeyining „Bizning Amerika: Amerika sanʼatida latino mavjudligi“ koʻrgazmasiga kiritilgan va uning „Radiante“ (1967) toʻplamning bir qismi 2017-yilda muzeyga kirishda bir nechta yangi bannerlarda ishlatilgan.
Adabiyotlar Fay Fowlie de Flores. Ponce, Perla del Sur: Una Bibliográfica Anotada. Second Edition. 1997. Ponce, Puerto Rico: Universidad de Puerto Rico en Ponce. p. 56. Item 286. Carmen Teresa Ruiz de Fischler. "Olaga Albizu, Myrna Baez y Luisa Geigel: tres mujeres pioneras en las artes plásticas." Proyecto de recopilación de datos sobre las artes plásticas en Puerto Rico. Homines. Issue 10 (1986-1987) pp. 366–384.
Manbalar
Havolalar Olga Albizu