You Greg Berlanti va Sera Gamble tomonidan ishlab chiqilgan Amerika psixologik triller teleserialidir. Caroline Kepnes'ning 2014-yilda nashr etilgan romani asosida ishlangan ushbu serial Nyu-Yorkda yashovchi Joe Goldberg ( Penn Badgley ) ismli kitob sotuvchisining o‘z do‘koniga kelgan Guinevere Beckga ( Elizabeth Lail ) oshiq boʻlishi va unga bogʻlanib qolishi haqida hikoya qiladi.
Serial birinchi marta 2018-yil 9-sentabrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Lifetime kanalida va xalqaro miqyosda Netflixda 2018-yil 26-dekabrda chiqarilgan. Ikkinchi mavsum 2019-yil 26-dekabrda chiqqan. Uchinchi mavsum esa 2021-yil 15-oktabrda chiqqan. To‘rtinchi mavsumning birinchi yarmi 2023-yil 9-fevralda va ikkinchi yarmi 9-martda chiqqan. Beshinchi final mavsumini 2025-yil 24-aprelda chiqarildi.
Aktyorlar jamoasi va personajlar
Penn Badgley – Jo Goldberg rolida, kitob doʻkoni menejeri. Elizabeth Lail – Guinevere Beck rolida, kollej bitiruvchisi, yozuvchi. Luca Padovan – Paco rolida, Joe'ning yosh qoʻshnisi. Zach Cherry – Ethan rolida, Joe'ning kitob doʻkonidagi hamkasbi. Shay Mitchell – Peach Salinge rolida, Beck'ning eng yaqin doʻsti. Victoria Pedretti – Love Quinn rolida. James Scully – Forty Quinn rolida. Jenna Ortega – Ellie rolida. Ambyr Childers – Candace Stoun rolida, Joe'ning eski sevgilisi.
Tashqi havolalar IMDbda You
Manbalar
Turkum:Teleseriallar