Lucas Carl Edvard Bergström (2002-yil 5-sentyabr) – Finlyandiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi darvozaboni.
Klublardagi karyerasi
Chelsea Bergström 2018-yilda mahalliy TPS jamoasidan Premyer liga klubi Chelseaga kelib qoʻshiladi. 2021-yilning 14-sentyabrida Chempionlar ligasida Zenit jamoasiga qarshi guruh oʻyinidagi bahsda ilk bor asosiy jamoa qaydnomasiga kiritiladi. 2023-24-yilgi mavsum boshida asosiy darvozabonlari Marcus Bettinelli va Robert Sanchezlarning jarohatlari Bergströmga bir nech oʻyinlarda zaxira darvozaboni boʻlishiga imkon berdi.
Peterborough United (ijara) 2022-yil iyul oyida Bergström League One jamoasiPeterborough Unitedga ijaraga beriladi. 30-iyul kuni darvozabon Cheltenham Town klubiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Bergström mavsum davomida barcha turnirlar doirasida 28 oʻyinda maydonga tushadi va shulardan 9 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Brommapojkarna (ijara) 2024-yil 29-fevral kuni Bergström Chelsea bilan shartnomasini uzaytiradi va keyin mavsum uchun ijara asosida Brommapojkarna klubiga koʻchib oʻtadi. Biroq, shartnoma 18-iyunga kelib bekor qilindi.
Statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea U-212020–21 -202021–22 -10Chelsea2022–23Premyer Liga0000Peterborough United (ijara)2022–23League One210280Brommapojkarna (ijara)2024Allsvenskan3040Umumiy240350
Manbalar
Havolalar
Chelsea klubidagi rasmiy profil Finlyandiya Futbol federatsiyasidagi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar