Gemangioperitsitoma-yumshoq toʻqimalar sarkomasining bir turi boʻlib, kapillyarlar devoridagi peritsitlar natijasida vujudga kelib chiqadi. Gemangioperitsitoma birinchi marta 1942-yilda aniqlangan.

Belgilari va alomatlari Gemangioperitsitoma belgilari o'simta bosqichiga va taʼsirlangan organlarga qarab bir-biridan juda ham farq qiladi. Koʻpgina bemorlar ogʻriq mavjudligidan shifoyat qilishadi, boshqa bir bemorlar esa qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq alomatlar haqida xabar berishadi, baʼzilari esa kasallik jarayonining oxirigacha hech qanday alomatlarni sezishmaydi. Gemangioperitsitomalar koʻpincha miya pardalarida, pastki ekstremitalarda, retroperitonealda, tos suyagi boʻshligʻida, oʻpka va plevrada uchraydi":0">.

Gistopatologiya Gemangioperitsitomalar-kapillyarlarni qoplaydigan peritsitlar deb ataladigan maxsus shpindel shaklidagi hujayralardan kelib chiqqan o'smalar.

Diagnoz Kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya gemangioperitsitomalarni tashxislashning samarali usullari emas. Amalda, taxminiy tashxisga koʻpincha yumshoq toʻqimalarning boshqa oʻsmalarini istisno qilish orqali erishiladi va tashxisni tasdiqlash uchun to'qima biopsiyasi talab qilinadi":0">Wang K, Mei F, Wu S, Tan Z (2020-11-03). „Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database“. BioMed Research International. 2020: 2468320. doi:10.1155/2020/2468320. PMC 7655240. PMID 33204688..

Davolash Sarkomaning darajasiga qarab, u jarrohlik , kimyoterapiya va radioterapiya bilan davolanadi. Jarrohlik gemangioperitsitomalarni davolashning amaldagi standarti boʻlsa-da, metastaz va oʻsmaning qaytalanishi bemorlarning 30% dan koʻprogʻida, tos boʻshligʻi va retroperitoniumda":0">Wang K, Mei F, Wu S, Tan Z (2020-11-03). „Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database“. BioMed Research International. 2020: 2468320. doi:10.1155/2020/2468320. PMC 7655240. PMID 33204688. va suyak va oʻpkada metastaz paydo boʻladi":1">. Radioterapiya omon qolish uchun sezilarli foyda keltirmaydi, lekin diametri 5 sm dan katta oʻsmalari boʻlgan yoki operatsiyadan keyin rezektsiya chegaralari yetarli boʻlmagan bemorlarda foydalanish tavsiya etiladi. Yumshoq toʻqimalar oʻsmalarida kimyoterapiyaning klinik afzalliklari noaniqligicha qolmoqda. Biroq, jarrohlik va kimyoterapiyaning kombinatsiyasi gemangioperitsitomli bemorlarda omon qolishni yomonlashtiradi.

Turli xil davolash usullarining samaradorligini aniqlash uchun koʻproq tadqiqotlar talab etiladiWang K, Mei F, Wu S, Tan Z (2020-11-03). „Hemangiopericytoma: Incidence, Treatment, and Prognosis Analysis Based on SEER Database“. BioMed Research International. 2020: 2468320. doi:10.1155/2020/2468320. PMC 7655240. PMID 33204688..

Epidemiologiya Bir qatorda, kasallik bilan kasallangan bemorlarning oʻrtacha yoshi 45 yoshni tashkil etdi, kasallikdan soʻng 10 yillik omon qolish darajasi 70 foizni tashkil etdi. Boshqa bir tadqiqotda, 45 yoshdan oshgan va ayol jinsi gemangioperitsitomalarda omon qolish darajasining kamayishi aniqlanganShin DW, Kim JH, Chong S, Song SW, Kim YH, Cho YH, et al. (September 2021). „Intracranial solitary fibrous tumor/hemangiopericytoma: tumor reclassification and assessment of treatment outcome via the 2016 WHO classification“. Journal of Neuro-Oncology. 154 (2): 171–178. doi:10.1007/s11060-021-03733-7. PMID 34417710. S2CID 237245514..

Shuningdek qarang

Infantil gemangioperitsitoma Teri kasalliklari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Miya shishi Turkum:Asab tizimining neoplaziyasi Turkum:Qon tomir neoplaziyasi Turkum:Dermal va teri osti o'simtalari