Sevginator — 2007-yilda rejissyor Abduvohid Gʻaniyev tomonidan suratga olingan komediya va fantastika janridagi oʻzbek filmi. Shoira Gʻiyosova ssenariysi asosida suratga olingan filmda bosh rollarni Manzura Yoʻldosheva, Ulugʻbek Qodirov, Murod Rajabov, Shafoat Rahmatullayeva, Aziz Rametov kabi aktyorlar ijro etgan.

Syujeti Akmal ismli aspirant robot qiz yaratadi. Ammo boshqa odamlar va ijrachi xolaning qiziqishini uyg‘otmaslik uchun uni „Malomat“ deb tanishtiradi. Akmal robotning yuzini oʻzi sevib qolgan Maftuna ismli oʻqituvchiga oʻxshatib yasaydi va uni qobiliyatlarini sinab koʻrish uchun sportchilar bilan jang uyushtirdi. Robot esa ularni yer tishlatadi. Bundan soʻng esa oʻzi va Maftunani yomgʻirda konalizatsiyaga tashlagan, institutdagi hamma oʻqituvchilarni qiyratgan, ularga laqab qoʻyib mazaxlagan institutning eng yomon guruhiga „Malohat“ni dars oʻtib, oʻqituvchilik qilishga joʻnatadi. U esa institutdagi eng yomon guruhni tartibga solib qoʻyadi. Bundan institut dekani Hoshim Soqiyevich ham, Akmal ham, Maftuna ham va yana institutdagi barcha oʻqituvchilar xursand boʻlishadi.

Bu orada „Malomat“ Akmalni sevib qoladi, lekin Akmal u odam emas, robot ekanligini aytib, uni ranjitadi. „Malomat“ esa oʻziga Akmalga quyib qoʻygandek oʻxshash robot yasab oladi va buni Akmal koʻrib, xushidan ketib qoladi. Film esa 2 robotning quyidagi jumlalari bilan tugaydi:— Malomat, men sizni sevaman!— Men ham sizni sevaman...

Rollarda Bosh rollarda

Epizodlarda

Suratga olish Manzura filmda suratga tushishni istamagan va rejissyor unga „Sizdek sovuq yuz boshqa yoʻq-da“ deb aytgan.

Film musiqasi Filmdagi musiqalarni kompozitor Doniyor Aʼzamov yozgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:2007-yil filmlari Turkum:Fantastik filmlar Turkum:Oʻzbekiston kinokomediyalari Turkum:Abduvohid Gʻaniyev filmlari Turkum:2007-yil kinokomediyalari