Ângelo Gabriel Borges Damaceno (2004-yil 21-dekabr) – Braziliyalik professional futbolchi, u Saudiya Pro ligasining An-Nasr klubi vingeri.
Klublardagi karyerasi
Santos left|thumb|287x287px|Angelo 2022-yil Santos safida Brazilia shahrida tugʻilgan Ângelo 2015-yil 10-yoshida Santos yoshlar akademiyasiga borib qoʻshiladiLa Chasse aux Pépites #87 – Ângelo on demivolee.com. 2020-yilning iyul oyida atiga 15 yoshidayoq U-20 jamoasida oʻynashni boshlaydi.
2020-yilning 23-oktyabrida Angelo ilk professional shartnomasini imzoladi. Ikki kundan soʻng A Serie doirasidagi Fluminense jamoasiga qarshi uchrashuvda katta futboldagi debyutini oʻtkazgan. 15 yosh 10 oy va 4 kunligida maydonga tushgan holda futbolchi klub tarixida eng yosh debyut qilgan ikkinchi insonga aylandi.
Ângelo 2021-yilning 9-martida Libertadores kubogi doirasida Deportivo Lara jamoasiga qarshi uchrashuvda debyuti qilgan.
2021-yilning 6-aprelida San Lorenz klubiga qarshi oʻyinda u professional futboldagi ilk golini kiritadi. Aynan shu yilning 10-dekabr sanasida futbolchi Santos bilan shartnomasini 2024-yil dekabrgacha uzaytiradi.
Chelsea 2023-yil 16-iyul kuni Angelo Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi safiga qoʻshilishga rozi boʻldi. Ushbu transfer uchun londonliklar 13 million funt sterling toʻlaydi.
Strasburg (ijara) 2023-yilning 8-avgust kuni Ângelo mavsum yakuniga qadar Liga 1 jamoasi Strasburg ijaraga beriladi.
Manbalar
Havolalar
Ângelo Gabriel Chelsea F.C. Saytidagi profili
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Santos F.C. futbolchilari Turkum:RC Strasbourg Alsace futbolchilari Turkum:Al Nasr SK klubi futbolchisi Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar