Sariosiyo aeroporti – Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi aeroport. Tarixi 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifi buyurgan. Tashrif davomida prezident 2024-yilning 1-yanvardan boshlab, Surxondaryo viloyatning Sariosiyo tumanidan ATR-72, Let L-410 yoki undan kichik turdagi havo kemalari orqali mahali aholi va turistlar uchun mahalliy yoʻnalishlarda reyslarni yoʻlga qoʻyish topshirigʻini berilgan. 2024-yil 5-yanvar kuni Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, „Uzbekistan airways“ AJ va „Uzbekistan airports“ AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 2024-yil 5-yanvar kuni Let L-410 havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirgan.
2024-yil 29-aprel kuni Silk Avia aviakompaniyasi ATR-72−600 samolyotida Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida birinchi texnik parvozni amalga oshirdi.
Texnik imkoniyatlari Aerodrom majmuasi uchish-qoʻnish yoʻlagi ATR-72 rusumli va quyi toifadagi havo kemalarini qabul qila oladi va uchira oladi. 2024-yilgi taʼmirlash doirasida aerodromning sunʼiy sirtqi qismi kapital taʼmirlanib, uzunligi , eni boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi boʻylab ikki qatlamda, yurish yoʻlagi hamda ikkita ATR-72−600 samolyoti uchun toʻxtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.
Hozirda 100 nafargacha yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilishi davom ettirilmoqda.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar 2024-yil 30-maydan boshlab Silk Avia Sariosiyo aeroportidan haftada ikki marta chorshanba (US761/762 reysi) va juma (US761/762) kunlari Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida aviaqatnovlar amalga oshirilishini eʼlon qildi.
Manbalar
Turkum:Sariosiyo tumani Turkum:Surxondaryo viloyati bino va inshootlari