Airalo – bu eSIM marketpleysidir. U sayohatchilarga dunyo boʻylab 200 dan ortiq mamlakat va mintaqa uchun xorijda tezkorlik bilan internetga kirish imkonini beruvchi eSIM kartalarni taqdim qiladi. 2024-yil, 31-mart holatiga koʻra, Airalo ilovasi 10 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega va bu ilovani App Store hamda Google Play Store orqali 53 ta tilda yuklab olish mumkin.
Tarixi Airalo – 2019-yilda Abraham Burak va Bahadir Ozdemir tomonidan asos solingan AQSHda joylashgan startapdir. Ularning maqsadi sayohatchilarga eSIM texnologiyasi orqali tezkor, hamyonbop va global aloqani taqdim etishdan iborat.
Abraham va Bahadir “onlayn-koʻchmanchi” tadbirkor boʻlib, safardagi aloqa cheklovlarini shaxsan boshidan oʻtkazgan. eSIM texnologiyasi sayohatchilarni yanada hamyonbop va qulay muqobil vosita bilan taʼminlash imkonini tadqim etdi.
2019-yilda Airalo Antler va Sequoia Capital India kompaniyasining Surge boshlangʻich kapital fondidan 1,9 million dollar boshlangʻich kapitalni jalb qildi. 2021-yilda u A seriya moliyalashtirishda 5 million dollar mablagʻ jalb qildi. Va 2023-yili B seriya moliyalashtirish raundida 60 million dollar jalb qildi. e& kompaniyasining (BAAda joylashgan operator Etisalat nomi bilan tanilgan) venchur boʻlimi e& Capital ushbu raundni boshqardi. Bu raundda starttap “generator” Antler Elevate, Liberty Global, Rakuten Capital, Singtel Innov8, Surge (Peak XV tomonidan boshqariladigan dastlabki bosqich fondi, ilgari Sequoia Capital India va SEA sifatida tanilgan), Orange, T Capital (Deutsche Telecom kompaniyaning venchur boʻlimi), KPN Ventures, Telefónica Ventures va I2BF Global Ventures kompaniyalari qatnashdi.
Manbalar
Turkum:AQSh shirkatlari