Anvar Gʻaniyev (1966-yil 19-yanvar, Toshkent viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2001).
Hayoti Anvar Gʻaniyev 1966-yil 19-yanvarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. U oʻrta maktabda oʻqiyotgan vaqtidan boshlab musiqa maktabiga boradi va u yerda akkordeon cholgʻusini ijro etishni oʻrganadi. Oʻrta maktabni bitirib, Toshkent madaniyat institutiga (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) oʻqishga kiradi.
Xonandalik faoliyati Anvar Gʻaniyev Oʻzbekiston telekanalida efirga uzatilgan „Koʻngil koʻchalari“ filmida „Koʻnglim“ nomli qoʻshigʻini ijro etadi va shu orqali mashhurlikka erishadi. Uning ijodida 300 ortiq qoʻshiqlar kuylagan boʻlib, ular orasida „O‘zim hofiz sevgan yorim to‘yida“, „Oh sevaman“, „Malikam“, „Armon“, „Ko‘nglima“, „Sog‘indim“ va „Jayron“ kabi qoʻshiqlari mashhur. U 2017-yilda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Kutganim” nomli konsert bergan. +QoʻshiqlariYilNomiShoirBastakorIzoh2024OrzularimMaylimi2023Jigarlarim bor boʻling2022Qarib quyilmaganlar2021Yerdagi qadrimDildora Kunuzoqova bilan duetDil roziDildora Kunuzoqova bilan duet2019OnaDildora Kunuzoqova bilan duet2018SogʻingandaMavluda Asalxoʻjayeva bilan duet2016Oʻrtama yuragimniMavluda Asalxoʻjayeva bilan duetQadringga yetmadim, malikamO‘zim hofiz sevgan yorim to‘yidaOh sevamanArmonKo‘nglimaSog‘indimJayronKoʻnglim
Aktyorlik faoliyati Anvar Gʻaniyev bir qancha oʻzbek seriallarida suratga tushgan. Jumladan, Sanʼat Qayumovning „Nikoh uzugi“, Zebo Navroʻzovaning „Doʻstimning toʻyi“ va Feruze Egamberdiyevaning „Saboq“ kabi filmlarda rol oʻynagan.
Mukofotlari
2001-yil — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. 2026-yil 28-mayda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Xonandalar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar __INDEKS__