Tamara Drasin (1905 – 1943-yil 22-fevral) – Tamara nomi bilan tanilgan, qoʻshiqchi va aktrisa boʻlib, 1933-yilda Brodveydagi „Roberta“ musiqiy filmida „Smoke Gets in Your Eyes“ qoʻshigʻini taqdim etgan.
Tamara Drasin baʼzan 1930-yillar musiqiy davrining boshqa ikki ijrochisi, raqqosa Tamara Geva va Tamara Toumanova bilan adashtiriladi.
Hayoti Drasin taxminan 1905-yilda Poltava gubernatorligidagi Sorochintsï qishlogʻida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan edi. U Hinda „Eda“ va tikuvchi Boris Drasinning qizi edi. Tamara Drasining oilasi 1922-yilda AQShga koʻchib oʻtdi.
Sahnadagi faoliyati Drasin oʻzining qop-qora, ekzotik koʻrinishi va jarangdor vokal uslubi bilan 1930-yillar musiqiy filmlardagi yevropalik qahramonlar uchun ideal rol ijro etuvchi aktyorlar tarkibida edi. Tamara Drasin „Free for All“ filmida Marishka Tarasovni; „Rus zodagonlari malikasi Stefani“ filmida Roberta rolini va „Right This Way“ and „Leave It to Me!“ filmida u fransuz ayollarini gavdalantirdi. Umumiy hisobda, Tamara Drasin 1927-yildan 1938-yilgacha boʻlgan vaqtda jami yettita musiqiy filmda suratga tushgan.
Musiqiy faoliyati Tamara Drasin „Smoke Gets in Your Eyes“ va „The Touch of Your Hand“ balladasidan tashqari, u yana uchta musiqiy albomini taqdim etdi: „I Can Dream, Canʼt I?“, „I’ll Be Seeing You“ va in Leave It to Me asaridagi „Get Out of Town“ musiqalari edi.
Vafoti va merosi Tamara Drasin Ikkinchi Jahon urushining bosh madhiyalaridan biriga yangrayotgan vaqtlarning birida yaʼni, 1943-yil 22-fevral kuni Portugaliyaning Lissabon shahri yaqinida Birlashgan Xizmat Tashkilotlari samolyoti halokatida vafot etadi.
Drasinning tarixi qisman Jane Fromanning „With a Song in My Heart ()“ (1952) filmida hikoya qilingan.
Jeyn Froman oʻsha samolyot halokatida jiddiy jarohat oldi va keyinchalik u Drasinga oʻsha samolyotdagi oʻz joyini berganini aytadi Froman suffered serious injuries in the same plane crash va bu voqea Jeyn Froman umrining oxirigacha yodida qolgan edi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:Amerika kino aktrisalari Turkum:Ayollar Turkum:Amerikaliklar Turkum:Amerikalik qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Ikkinchi jahon urushi Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:1943-yildagi aviatsiya halokatlari Turkum:Portugaliyadagi aviatsiya halokatlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar