Doston Roʻziyev (1996-yil 10-iyulda tugʻilgan) – o‘zbekistonlik dzyudochi. 2017-yildan buyon dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2024-yil Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 60 kg vazn toifasida ishtirok etdi.

Hayoti Roʻziyev Doston Oston oʻgʻli 1996-yilning 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan.

Karyerasi Dostonning murabbiylari Elbek Umarov va Fozil Xolborozov hisoblanadi. U 2017-yilldan buyon dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. 2024-yilning 3-5-mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 60 kg vazn toifasining final bahsida Doston Gruziya vakili Giorgi Sardalashvilini magʻlub etdi. Bu orqali 1000 reyting ballini qoʻlga kiritgan sportchi 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Manbalar

Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar