Idrisiylar dirhami () – Idrisiylar sulolasi davrida Marokash va gʻarbiy Magʻribda zarb qilingan kumush tanga.

Nomi Dirham () soʻzi yunon tangasi draxmadan () soʻzidan olinganOxford English Dictionary, 1st edition, s.v. 'dirhem'. Dirham bugungi kunda Marokashda qoʻllaniladigan pul birligining nomi hamdir. Idrisiylar sulolasining asoschisi Idris I boʻlgan.

Tarixi Dirham birinchi marta Idris I (788–791) davrida Todgha va Volubilisda, keyinchalik, 20 ga yaqin turli ustaxonalarda zarb qilingan.

Tavsifi Tangalardagi yozuvlar Zaydiyya sulolasining shia mazhabiga eʼtiqod qilganligini koʻrsatadi. Ular sulolaning nasl-nasabi Aliga borib taqalishini targʻib qildilar. Ushbu tangalardagi Iroq kufiy yozuvi magʻribiy yozuvining dastlabki rivojlanish bosqichlariga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Bu tangalardagi kufiy yozuvi asosiy qismda bezaksiz koʻrinishda keltirilgan boʻlib, Idrisiylar davlatining iqtisodiy ahvolini aks ettiradi.

Foydalanilishi Idrisiylar dirhamlari Yaqin Sharqda keng tarqalib, ular, shuningdek, Rossiya va Bolqon yarim orollari hududlaridan ham topilgan.

Manbalar

Turkum:Idrisiylar sulolasi