Imomnazar – Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shaharcha. Turkmanistonning Afgʻoniston bilan chegarasi yaqinida, Aqina shaharchasining qarama-qarshi tomonida joylashgan. Turkmaniston tarafidan eng yaqin shahar Karki.
2007-yil Imomnazarda xalqaro chegara oʻtish punkti ochildi, bu mamlakatning Afgʻoniston bilan chegarasidagi ikkita xalqaro chegara oʻtish punktidan biridir, ikkinchisi Sarhadobod-Torgʻundi. Chegara punkti rasman Turkmanistonning birinchi prezidenti "Turkmanboshi" Saparmurod Niyozov nomi bilan „Samarmurod“ deb ataladi.
Bu yerda asosiy yuk tashish inshootlari, jumladan Turkmaniston uglevodorodlarini Afgʻonistonga joʻnatish uchun kichik neft terminali mavjud.
Temir yoʻl stansiyasi
2015-yil Imomnazar Karkidan boshlanadigan temir yoʻl tarmogʻining janubiy terminaliga aylandi. 2016-yilda yoʻnalish Afgʻonistson chegarasi orqali Aqinagacha uzaytirildi va oʻsha yilning noyabr oyidan qatnovlar uchun ochildi. Bu Afgʻonistondagi uchta temir yoʻl tarmogʻidan biridir. Bu yoʻnalish oxir-oqibat Shimoliy Afgʻoniston orqali Turkmanistonni Tojikiston bilan Shibirgʻon, Mozori-Sharif va Sherxon Bandar orqali bogʻlovchi temir yoʻl koridorining bir qismini tashkil etishi rejalashtirilgan.
Neft ombori 2016-yil noyabr holatiga koʻra, Imomnazarda 45 000 m3 sigʻimga ega neft ombori mavjud. Ombor Afgʻonistonga yoqilgʻi yetkazib berish uchun moʻljallangan boʻlib, motor yoqilgʻisi va suyuq neft gazini saqlash uchun 12 ta rezervuar, jumladan, har biri 5000 m3 boʻlgan yetti rezervuar va har biri 2000 m3 boʻlgan beshta rezervuardan iborat. Omborning loyiha quvvati yiliga 540 ming tonnani tashkil etadi. Yoqilgʻi neft omboriga temir yoʻl va Seydi neftni qayta ishlash zavodidan quvur orqali yetkaziladi.
Yana qarang Karki Sarhadobod
Manbalar
Turkum:Afgʻoniston va Turkmaniston chegarasi Turkum:Lebap viloyati aholi punktlari