Iloq etnografik festivali – Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Ohangaron tumani Oʻrgʻoz qishlogʻida anʼanaviy tarzda aprel-may oylarida oʻtkaziladigan ochiq folklor festivali.
Tarixi
Festival gʻoyasi Xalqaro „Oltin meros“ xayriya jamoat Fondi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari Zarifa Eshmirzayevaga tegishli. Ilk bor 2016-yilda oʻtkazilgan. 2020-yildan COVID-19 epidemiyasi sababli toʻxtab qolgan. 2022-yildan qayta tiklandi.
Oxirgi marta 2023-yil 16-may kuni tashkil etilgan.
Festival nomi Toshkent viloyatining janubiy qismida Ohangaron daryosi (XIII asr boshlariga qadar Iloqhttps://uz.wikipedia.org/wiki/Iloq_(tarixiy_viloyat) deb atalgan) havzasida joylashgan tarixiy Iloq viloyati nomidan olingan.
Tashkilotchilar
Festival Toshkent viloyati hokimligi, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi, Ohangaron tumani hokimligi, Oʻzbek milliy qoʻgʻirchoq teatri, Xalqaro „Oltin meros“ xayriya jamoat Fondi tomonidan oʻtkaziladi.
Festival jarayoni
Iloq etnografik festivalida qadimgi Iloq davlatining tarixiy urf-odatlari, odamlarning yashash tarzi, madaniyati, folklor ansambllar, dorbozlarning chiqishlari, teatr ustalarining badiiy mahoratlari namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar konsert dasturlari, maydon tomoshalari, qolaversa, gastro, etno, sport turizm imkoniyatlaridan bahra oladi.
Maqolalar „Iloq“ etnografik festivali beshinchi marotaba barchani hayrat va hikmat chorrahasida jamladihttps://yuz.uz/uz/news/iloq-etnografik-festivali-beshinchi-marotaba-barchani-hayrat-va-hikmat-chorrahasida-jamladi Toshkent viloyatida „Iloq“ xalqaro etnofestivali oʻtkazildi https://darakchi.uz/uz/166635 Mejdunarodniy etnograficheskiy festival „lloq“ https://uzbekistan.travel/ru/vt/iloq/ Har yili Toshkent viloyatida oʻtkazib kelinayotgan mashhur „Iloq“ etnofestivali bu yil 16-may kuni Oʻrgʻoz qishlogʻida oʻtkaziladihttps://uzreport.news/culture/har-yili-toshkent-viloyatida-o-tkazib-kelinayotgan-mashhur-iloq-etnofestivali-bu-yil-16-ma MOZIYLARDAN KUYLOVCHI ILOQ ETNOGRAFIYASI VA FOLKLORIfile:///C:/Users/%D0%B0%D0%B4%D0%BC%D0%B8%D0%BD/Downloads/Munisa+Xalilova+Doniyor+qizi%20(1).pdf International Ethnographic Festival „Iloq“https://www.dcat.kg/post/festivals-in-uzbekistan VII Mejdunarodniy etnograficheskiy festival Iloq, Tashkentskaya oblast, Axangaranskiy rayon, kishlak Urxizhttps://dolorestravel.com/ru/guide/festivals Puteshestvie v mnogoobrazie etnografii v Uzbekistane https://dzen.ru/a/Zg-Pt6uzTTjiRov7 V Uzbekistane proshel etnofestival „Ilok“https://uz.sputniknews.ru/20230518/v-uzbekistane-proshel-etnofestival-ilok--foto-35051025.html
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi festivallar Turkum:Etnografiya Turkum:Madaniy tadbirlar Turkum:Toshkent viloyati