Girl of My Dreams – amerikalik reper Juice Wrld va Janubiy Koreyaning BTS guruhi aʼzosi Suga tomonidan kuylangan ingliz va koreys tilidagi qoʻshiq. Trek 2021-yil 10-dekabrda Juice Wrldning umumiy toʻrtinchi, oʻlimidan soʻng chiqarilgan ikkinchi studio albomi „Fighting Demons“ (2021) ning birinchi singli sifatida chiqarilgan. Bu reperlarning oʻzaro hamkorlikdagi ikkinchi singli boʻlgan. Bundan avvalgisi 2019-yilda „All Night“ nomi ostida chiqarilgan va BTSning „BTS World: Original Soundtrack“ (2019) albomidan joy olgan edi.

Mazmuni Qoʻshiq ingliz va koreys tillarida yozilgan. Qoʻshiq matnida Juice Wrld bir qizni sevib qolganini, BTS vakili Suga esa juftlik oʻrtasidagi sevgi bir kun kelib yakuniga yetganligi tabiiy holat ekanligini kuylgan. Qoʻshiqning boshlanishida John Legendning 2013-yilgi xit treki „All of Me“dan ham bir necha ritm va misralar olingan.

Chartlar + Chart (2021–2022) Oʻrni (ARIA) 84 Australia Hip Hop/R&B (ARIA) 22 (IFPI) 76 (IRMA) 68 (AGATA) 55 New Zealand Hot Singles (RMNZ) 3 (Vietnam Hot 100) 38 Yillik chartlar +2022-yilgi yillik chartdagi „Girl of My Dreams“ trekining natijalari Chart (2022) Oʻrni US Digital Song Sales (Billboard) 61

Manbalar

Turkum:Juice Wrld qoʻshiqlari Turkum:2021-yil qoʻshiqlari Turkum:BTS qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar